Ekskursiyalar o‘tkazish metodlari



Yüklə 68 Kb.
səhifə3/3
tarix10.11.2022
ölçüsü68 Kb.
#68378
1   2   3
EKSKURSIYALARNI TASHKIL QILISH, KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING AHAMIYATI

Ko`rganlarni taqqoslash metodi - bu ko`rilayotgan obektni boshqa obektlar bilan taqqoslashdir. Bu yerda obektning ham o`xshash tomonlari va ham o`ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi. Taqqoslash so`zda, ko`rganlarda va hatto xayolan bo`lishi mumkin. Masalan, boshqa shaharlarda joylashgan mashhur obektlar bilan taqqoslash.Taqqoslash ifodali bo`lishi kerak, shundagina sayyohlar uni eslab qolishadi.
Taqqoslash metodini qo`llash sayyohlarga masalan, obektning o`lchami, shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini konkret tasavvur etishga imkon beradi.
Taqqoslash bilishning universal vositasidir. K.D.Ushinskiy shunday degan «Dunyodagi barcha narsani biz taqqoslash orqali bilib olamiz. Oldimizda yangi predmet tursayu, biz uni biror narsaga tenglashtira olmasak, farqlay olmasak, biz bu predmet haqida hech narsa deya olmasdik».
Gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish metodik usuli yordamida ekskursiya jarayonidagi ko`rish qatorida paydo bo`ladigan «bo`shliqlar» to`ldiriladi. Bu vositalar ekskursiya obektlari joyini olmaydi, ular qo`shimcha o`rganish manbai hisoblanib, aniq voqealar, tarixiy hodisalarni qayta tiklashga yordam beradi. Bu metod ko`rish orqali rekonstruksiyalash va voqealarni lokalizatsiyalash metodlari bilan birlashab ketadi(buzilib ketgan madrasa, masjidlarning oldingi rasmlari ko`rsatiladi.Masalan, Imom al-Buxoriy madrasasi). So`zli rekonstruksiya qanchalik kuchli bo`lmasin ko`rgazmali vositalarsiz obektni tasvirlash qiyin bo`ladi.
Geografik ekskursiyalarda paleontologik namunalar ko`rgazmali vosita sifatida ishlatiladi. Namunalarni oldindan saralab, keyin material tayyorlash kerak(fauna, flora).
Obektni unga o`rnatilgan memorial taxta bilan ko`rsatish metodik usuli ham ekskursiyada ko`p ishlatiladi. Avval obektning o`zi ko`rsatilib, tahlil qilinadi. Qo`shimcha vositalar sifatida ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin(ekskursiya obekti o`zgarishlarni boshdan kechirgan bo`lsa).Keyinchalik esa voqealar xotirlanib, memorial taxta qo`yilganligi aytib o`tiladi. Memorial taxta haqida hikoya qilish kerakmi, yo`qmi mutaxassislarning fikri har xil. Buni gid ekskursiya jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda hal qilishi lozim.
Obektni avtobus harakati paytida ko`rsatish. Avtobusli ekskursiya hozirda eng ko`p tarqalgandir. Gid obektlarni harakatda shunday hikoya qilib berishi kerakki,ular sayyohlar xotirasiga muhrlanib qolsin.Bu albatta oson ish emas.Obektlar sayyohlar nazaridan sanoqli soniyalarda o`tib ketadi, shuning uchun ularning etiborini oldindan jalb qilish zarur. Sayyohlar obektni ko`rishidan avval, u haqida umumiy malumotlarni oldindan berib borish kerak.Obektni nimalar atrofida ko`rishlarini, uning asosiy belgilarini aytib, sayyohlarni tomosha qilishga yo`naltirish lozim.Bu yerda ekskursiyaning “ko`rsatishdan xikoya qilishga” qonuni buzilgandek ko`rinadi. Lekin bu ekskursiya amaliyotidagi kam uchraydigan holatlar va gid bunday paytda zaruriy ko`nikmalarga ega bo`lishi shart.
Panoramali ko`rsatish- bu sayyohlarga aniq bir nuqtadan bir nechta obektlarni umumiy tanishtirishdir. Panoramali ko`rsatish asosan tabiat yon bag`rida tashkil etilgan ekskursiyalarda foydalaniladi. Masalan, tog`larda maxsus shunday ekskursiyalar rejalashtiriladiki, u bir nuqtadan tog`lar cho`qqisi zanjiri ko`rinadigan joylarga tugaydi.
Obektning oldida harakatlanish- memoriy ansambllarni, maydonlarni, tabiat komplekslarini tomosha qilishda foydalaniladi. Bu sayyohlarga obektning alohida xususiyatlarini yaxshilab o`rganish imkonini beradi. Bazida buni bir nuqtadan qilish qiyin bo`ladi.
Obekt oldida harakatlanish sayyohlarga o`sha davr voqealariga qatnashayotganlik hissini beradi. Sinf rahbari o`z o`quvchisini doimo o`rganib borishi uchun faqat o`quvchilar bilangina emas, balki o`qituvchilar bilan, o`quvchilarning ota-onalari bilan ham ish olib borishi kerak. Sinf xonasining jihozi va ko`rinishi o`quvchilarning estetik tarbiyasiga jiddiy ta`sir ko`rsatadi. Sinf rahbarining ko`rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o`quvchilarni darsdan bo`sh vaqtlaridan foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatlarini o`stirishda ularni har tomonlama kamol toptirishga yordam beradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o`quvchilarning jamoat toshiriqlarini bajarishini, to`garaklarda ishtirok etishini nazorat qilish kerak.
Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yaxshi xislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar o`qituvchi o`z o`quvchilariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo`lsa, bunday o`qituvchini o`quvchilar hurmat qilmaydi va obro`si tushib boradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo`nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holda keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy e`tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. O`zbekistonda yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ular ongiga umuminsoniy va milliy-madaniy, ma`naviy, ahloqiy qadriyatlarni singdirishi talab etiladi.
O`quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda sinf rahbari o`z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo`yadi:
yosh avlodni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma`naviy tarxiy an`analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishidir;
shaxsning aqliy, ahloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishi;
yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash hayot mazmunini tushunib olishga ko`maklashish, o`z-o`zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o`z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi `issini uyg`otish;
o`quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, vatanimizning boy ma`naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo`lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o`stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;
har bir o`quvchini bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab ularni rivojlantirish, inson faoliyatining turli sohalarda joriy qilib ko`rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo`llab-quvvatlar uchun shart-sharoitlar yaratish;
insonparvarlik odobi me`yorlarini shakllantirish, birg`birini tushunadigan, mehribonlik, shaftaqlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik, muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg`onchilik, tuxmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo`llanilishi lozim;
vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o`zaro munosabat – muloqotni o`rganish, o`z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo`lib turish, O`zbekiston Resublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O`zbekiston Konstitutsiyasiga, bayrog`iga, gerbiga, madhiyasiga, prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
qonuniy jamoa ahloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas`uliyat hislarini rivojlantirish, o`zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta`lim-tarbiya berish;
mustaqil respublikamiz O`zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga to`g`ri va holisona baho berishga o`rgatish, uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ochiq-oshkora tashqi siyosatiga va o`z xalqining turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatni to`g`ri tushuntirmog`i kerak.
turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
sog`lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo`lish istagini shakllantirish;
yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish;
barkamol avlodga xos odoblilik san`ati va madaniyatini o`rgatish;
o`zbek xalqining milliy urf-odat, an`ana va qadriyatlarini amalda qo`llash malakalarini shakllantirish;
insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida madaniy, ma`naviy, milliy merosdagi avlod-ajdodlarimizdan qolgan odob-ahloq haqidagi bilimlardan boxabar etish;
marakaziy Osiyo mutafakkir va ma`rifatparvarlarning asarlaridagi xikmat, o`git va nasihatlarni o`rgatib, ularga amal qilishni uqtirish;
tabiatga to`g`ri munosabatning mohiyatini, tabiyatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligini, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo`yicha bilimlar berish;
ota-ona va vatan oldidagi burchni va unga sodiqlik nima ekanligini anglatish;
o`z-o`zini anglash shart-sharoitlarini, inson qadri va xurligini anglash, uning tabiatini, milliy va umuminsoniy madaniyatini, ona tilishini saqlash, ma`naviy taraqqiyotni bozor iqtisodiyoti bilan uzviy rivojlanishini tushuntirib berish;
yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo`lish, yaxshini-yomondan ajrata olish bilimiga ega bo`lishini tushuntirish;
ta`lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy, ma`naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish;
o`quvchilarni bilim olish bilan birgalikda yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o`rgatish;
darslarda ma`naviy, ma`rifiy, iqtisodiy, huquqiy, kasbiy tushunchalarning mohiyatini uzluksiz anglatib borishi muhimdir;
odob-ahloqqa xos sifatlarni o`quvchilarning kundalik ehtiyojiga aylantirish;
o`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini, ijodiy mustaqil fikrlashni, kasb tanlashga va atrof olamga ongli munosabatni hosil qilish;
ahloqiylikning oddiy hayotiy qoidalari bo`lishi kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, oilada bir-birini e`zozlash, mehmon kutish va boshqalarni kundalik turmushga singdirib borishi. Bolalarni tarbiyalashda (o`quvchi) o`qituvchi quyidagilarni hisobga olishi kerak;
tarbiyaning o`quvchilar ruhiyati va yosh xususiyatiga mosligini hisobga olish;
o`quvchilarning aqliy-ma`naviy munosabatlari ta`sirini o`rganish;
o`qituvchi-tarbiyachining savodxonlik darajasi, san`at va mahorati;
O`quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarni ijodiy, noan`anaviy, suhbat, o`yin, tabiatda, baxs-munozara, uchrashuv shaklida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyalarni qo`llashda o`qituvchi quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim:
1. Zamonaviylik – ta`lim-tarbiya amaliyotga asoslangan tajriba, sinovdan o`tgan didaktika sohasidagi yangiliklarni joriy etish.
2. Tarbiya mazmunini uzluksiz yangilab borish.
3. Umumiy va milliy qadriyatlar sohasidagi yangi-yangi ijodlarni o`rganib borish.
4. Tarbiya jarayonida o`quvchi bilan o`quvchi faoliyatini optimal-lashtirish, faollashtirish. Ularning ichki ruhiyati va tarbiya darajasini kengaytirish.
5. Ilmiylik – yangi usul, vosita muammosi holatlaridan foydalanib, o`quvchilarni mustaqil fikrlash va o`zini anglashga o`rgatish.
6. Buning uchun bolalarni rejadagi mavzular asosida amaliy faoliyatga jalb etish muhimdir.
7. Ilg`or tajribalarga suyanish.
8. Tarbiyaning maqsadini aniqligi, mazmunining zamonaviyligi, milliy ma`naviy qadriyatlar bilan boyitilishi, o`quvchining ijodiy mustaqil faoliyati, tarbiya jarayonida maqol, matal, ertaklardan o`rinli foydalanish, o`yin teks savollari, ko`rgazmali qurollar, savol va topshiriqlardan foydalanish.
9. Yangi pedagogik texnologiyani amalga oshirish uchun o`qituvchi nazariy chuqur bilimlarga ega bo`lishi kerak.

1-2-3-4 sinflarda darslarni turli shakllarda tashkil etish lozim:


1. O`yin, suhbat, bahs, uchrashuv, ertalik, oilada, jamoat joylarda, mahallalarda har bir dars maqsadining aniqligi, tarixiyligi va zamonaviyligi bilan odob-ahloq tushunchalarini tarbiyalashga qaratilishi.
2. O`quv mashg`ulotini rang-barang usullar: audio, video, ko`rgazmalilik, jonli so`z ta`sirida tashkil etilishi.
3. O`qituvchini yangi texnologik mahoratga ega bo`lishi va ijodkorligi.
Tarbiyaviy soatlarni maqsadiga ko`ra xilma-xil shakllarida tashkil etish:
1. Ijodiy dars.
2. Yertalik darsi.
3. Baxs.
4. Suhbat.
5. Сиёҳат дарслари.
6. Учрашувли дарс.
Янги ўқувчиларни мустақил фикрлашга одатлантириш мақсадида кино, телевидение, маънавий ўйинлар, мушоиралар қўлланилиши мумкин. Кишилик жамиятининг ҳар бир соҳаси у ёки ижтимоий-сиёсий масалаларни ҳал қилишда инсондан маҳорат талаб этишини халқ оғзаки ижодиётида, ёзма ёдгорликларида, афсона, достон, эртак, ҳисса, ҳикоят, ривоятларда ҳамда ҳурфикрли, доно, маърифатпарвар, мутафаккирларимизнинг асарларида атрофлича талқин этилган. Шу асарлардан ўқувчиларни маънавий-аҳлоқий жиҳатдан тарбиялашда бу асарлардан кенг фойдаланиш мумкин. Ҳар бир тарбиячининг дунёқараши, тарбияси одоблиги, унинг муомаласида намоён бўлади.
Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin