Ikkinchi nazorat guruhi uchun:
Uchta idish berilgan: 26, 10 va 3 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 10 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 28, 7 va 5 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 12 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 30, 12 va 3 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 15 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 27, 12 va 3 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 9 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 28, 14 va 2 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 10 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 38, 25 va 2 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 9 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 29, 14 va 2 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 11 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 39, 22 va 2 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 13 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 37, 24 va 2 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 9 litr suvni o’lchash mumkin?
Uchta idish berilgan: 37, 21 va 3 litrli. Ulardan foydalanib, qanday qilib 10 litr suvni o’lchash mumkin?
9-laboratoriya ishi
MAVZU: «SO’ZLI LABIRINT» METODIKASI.
Maqsad: Tafakkur jarayonlari harakatchanligi (labilligi)ni o’rganish.
Jihoz: Har bir tekshiriluvchiga 10 tadan «So’zli labirint», sekundomer.
Ishning borishi:
Talabalar guruhi 2 kishidan bo’linadi. Ularning biri tekshiruvchi, ikkinchisi tekshiriluvchi vazifasini bajaradi. Tekshiruvchi tekshiriluvchiga quyidagi ko’rsatmani o’qib beradi: «Hozir sizga so’zlar yashiringan labirint ko’rsatiladi. Sizdan ana shu labirint ichidan iloji boricha tezroq chiqish talab qilinadi. Labirintga kirish quyi qatorning o’ng burchagidan, chiqish esa yuqori qatorning chap burchagida. Labirintdan chiqish yo’llarini qidirish jarayonida vertikal va gorizontal yo’nalishlar bo’yicha sakramagan holda (sidirg’asiga) bir necha harflar ustida harakat qilishingiz mumkin. Qalamni harflar ustida yurgizayotgan paytingizda tovush chiqarib aytib turing. Har bir labirintga kirishni buyruq olgandan so’ng boshlaysiz. Topgan so’zingizni labirint yoniga qalam bilan yozib qo’ying».
Tekshiruvchi har bir labirintdan chiqishga sarflangan vaqt va urinishlar sonini bayonnomaga yozib boradi.
Dostları ilə paylaş: |