Eksperimental psixologiya



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/20
tarix04.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#82801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
eksperimental psixologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Pedagogika va psixologiya kafedrasi


Zarifa Qurbonova
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA

(Laboratoriya mashg’ulotlari)




Namangan – 2007 yil


Annotatsiya
Ushbu laboratoriya mashg’ulotlari 5140800-Pedagogika va psixologiya yo’nalishi II kurs talabalari uchun Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan bo’lib, psixologik tadqiqot natijalarini tahlil qilishning statistik uslublari, natijalarni ifodalashga doir ko’rsatmalar, har bir mavzuga aloqador tajriba ishlari, maqsadi, jihozlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.


Tuzuvchi: Zarifa Qurbonova, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi


Taqrizchi: M. Maxsudova – psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

Uslubiy ko’rsatma pedagogika va psixologiya kafedrasining _______ yil _________________dagi ____-sonli bayonnomasiga asosan nashr ettirish uchun tavsiya etilgan.


NamDU o’quv-uslubiy kengashining ________ yil _______dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.




EKSPERIMENTAL TADQIQOT NATIJALARINI TAHLIL QILISH.
Eksperimental tadqiqot natijalarini ma’lum bir statistik metodlar orqali tavsiflanishi mumkin. Har bir holatda qaysi statistik metoddan foydalanish qo’llaniladigan o’lchov shkalasi tipiga bog’liq bo’ladi.
Birinchi navbatda natijalarni taqsimlash tushunchasi mohiyatini ochib berish kerak. Tasavvur qiling: juda ko’p tekshiriluvchilarga 20 ta vazifani yechish topshirilgan. Natijalar “yechdi”, “yechmadi” tarzida ajratiladi. Tekshiriluvchidan faqat ayrimlarigina 20 ta vazifaning hammasini yechishsa, ayrimlari esa 1 ta ham yecha olmaydilar. Natijalarni tahlil qilish avvalo 1 ta vazifa yechganlarni, keyin 2 ta, so’ngra 3 ta va hokazo ajratishdan boshlanadi.
Vazifani to’g’ri yechgan kishilar sonini bildiruvchi hajm chastota deb ataladi va f bilan belgilanadi. Olingan chastotalar yig’indisi dastlabki natijalarni taqsimlanishini tashkil etadi. (bizning misolimizda vazifani to’g’ri yechgan kishilar soni).
Eksperimental tadqiqotlarda tanlanma tushunchasi ham qo’llaniladi. Tanlanma eksperimentda qayd etilgan o’zgaruvchilar hajmini bildirib, N bilan belgilanadi.
Agar 10 kishiga 15 tadan topshiriq berilgan bo’lsa, u holda N = 10 x 15 = 150 bo’ladi.
Quyidagi misol bilan tanishib chiqaylik. Bir xil yoshda bo’lgan 1000 ta o’smirlar (500 ta o’g’il bolalar, 500 ta qiz bolalar) bilan qaysi janrdagi adabiy asarlarni sevib o’qishlarini aniqlash maqsadida so’rovnoma o’tkazilgan. Ular faqat bittadan janrni tanlashi kerak. Natijalar quyidagicha hisoblanadi va jadval shaklida ifodalanadi. O’smirlar tomonidan asar janrini tanlash chastotasi (f).



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin