O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Ijtimoiy psixologiya kafedrasi
Zarifa Qurbonova
EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA
(Muammoli ma`ruzalar matni)
2
Namangan -2005 yil
Ushbu muammoli ma`ruzalar matni 5140800-Pedagogika va psixologiya
yo`nalishi II kurs talabalari uchun Davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan bo`lib,
unda har bir mavzuga aloqador tayanch so`zlar, muammoli vaziyatlar, test va nazorat
savollari kiritilgan.
Tuzuvchi: Zarifa Qurbonova - ijtimoiy psixologiya
kafedrasi katta o`qituvchisi
Taqrizchilar: M.Maxsudova-psixologiya fanlari
nomzodi, dotsent
A.Raxmonov – psixologiya fanlari nomzodi
To`plam ijtimoiy psixologiya kafedrasining 2005 yil_____dagi _____-sonli
bayonnomasiga asosan nashr ettirish uchun tavsiya etilgan.
NamDU o`quv-uslubiy kengashining 2005 yil _______dagi ____ -sonli
bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
3
1 MAVZU: eKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING PREDMETI
R e j a :
1. eksperimental psixologiya haqida tushuncha.
2. eksperimental psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi.
3. eksperimental psixologiya va psixologiyaning boshqa sohalari.
4. Psixologik tadqiqot o`tkazish tamoyillari.
5. Psixologik tadqiqot o`tkazishga qo`yiladigan talablar.
6. Tadqiqot o`tkazishning bosqichlari.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Eksperimental psixologiya- umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo`lib, ruhiy
jarayonlarni tajriba yordamida o`rganadi.
Eksperiment (tajriba)-ruhiy jarayonlarni o`rganish uchun zarur sharoitlarni
ataylab vujudga keltirib, o`rganishga yo`naltirilgan psixologik tadqiqot uslubi.
Psixologik laboratoriya-inson ruhiy jarayonlarini o`rganish maqsadida
jihozlangan maxsus tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy muassasa.
Vil’gel’m Vundt (1832-1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasuf va tilshunosi;
eksperimental psixologiyaning asoschisi
Eksperimental psixologiyaning o`rganilishi qanday amaliy ahamiyatga ega?
Psixologiyada eksperiment metodining qo`llanilishi psixologik bilimlarning
qayta tuzilishida va psixologiyaning falsafa tarkibidan mustaqkil fan sifatida ajralib
chiqishida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. eksperimental
psixologiya XIX asrning
o`rtalarida keng rivojlangan fiziologik laboratoriyalar negizida vujudga kela
boshlagan. O`sha davrlarda bu laboratoriyalarda-sezgi, idrok, reaktsiya vaqti kabi eng
oddiy psixik funktsiyalar o`rganilar edi. Bunday tadqiqotlar falsafa va fiziologiyadan
farq qiluvchi eksperimental psixologiyaning fan sifatida
vujudga kelishi uchun
imkoniyat yaratdi. eksperimental psixologiyaga Vil’gel’m Vundt asos soldi.
V.Vundt (1832 - 1920) nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi
bo`lgan. V.Vundt inson ongini turli qismlarga ajratib, bu qismlar o`rtasidagi aloqa va
bog`lanishlarni laboratoriya eksperimenti orqali o`rganadigan
fiziologik psixologiya
fanini tashkil etish haqidagi g`oyalarni o`zining “Fiziologik psixologiya asoslari”
(1880-1881) nomli kitobida ilgari suradi.
V.Vundt tomonidan 1879 yili Leyptsig shahrida tashkil etilgan psixologik
laboratoriya butun dunyoda eksperimental psixologiyaning markaziga aylandi. Bu
laboratoriyada sezgi, idrok, turli qo`zg`atuvchilarga javob
berish vaqti assotsiatsiya
(bog`lanish)lar, diqqat va oddiy his-tuyg`ular o`rganilgan.
Eksperiment metodining qo`llanilishi psixologiya fani taraqqiyotiga qanday
ta`sir etdi? Agar tajriba metodi bo`lmaganda, Sizningcha psixologiya fani
qanday ko`rinishda bo`lardi?