ob`ekt ustida to`planib turishi.
24
Korrektur
sinovii
-diqqat
xossalarini
o`rganish
metodi.
Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan
aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va
to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga
bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi.
Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi
sifatida) ham, holat ham (masalan, e`tiborlilik) deb qarash mumkin.
Diqqatning ishtirokisiz faoliyatni amalga oshirish
mumkinmi?
Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq
namoyon bo`ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko`ra diqqatning -
ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi turlarini ajratish imkonini beradi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi,
to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir. Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt
ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud
bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir.
Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori
bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor-pertseptiv
zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan
ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi.
Ko`pgina
qo`zg`atuvchilar
orasidan,
ajratib
olingan
ayrimlarigina
tanlovchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy
ko`rsatkichi bu tezlik bilan ko`plab ob`ektlar orasidan kerakli qo`zg`atuvchini topa
olishda, sifat ko`rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo`ladi. Diqqatning muvaffaqiyati-
har ikkisini ham o`z ichiga oladi.
Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va ob`ekt ustida
diqqatni uzoq vaqt to`plab turishni ta`minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat
barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda
ko`plab va yo`naltirib turilishidir.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli
ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o`zida
sub`ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo`naltirib va to`plab
turishidan iborat.
Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko`rsatkichi
sub`ektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani
bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi.
Diqqatning ko`chishi, uning yo`nalishi va to`planishini bir ob`ektdan
boshqasiga o`tishi tushuniladi. Uning ko`rsatkichi sub`ektning bir faoliyatdan
boshqasiga o`tishining qiyinligida namoyon bo`ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha,
diqqatning ko`chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Asab tizimi
harakatchan bo`lgan kishilar diqqatining ko`chishi oson, rigid - qotib qolgan bo`lsa,
qiyin bo`ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko`chishi shaxs
xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog`liq:
?
25
YUqorida sanab o`tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan
bog`liq bo`lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir.
Diqqat xossalarini tabiiy sharoitda ham o`rganish
mumkinmi?
Diqqatni o`rganishga yo`naltirilgan laboratoriya metodlari blankalar usulidan
iborat bo`lib, ular korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur
sinovi blankalari turli stimullardan-harflar, raqamlar, geometrik shakllardan iborat
bo`lishi mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib
bir xil tarzda belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko`rsatkichi vazifani
bajarishning aniqligi koeffitsienti bilan belgilanadi. Vazifani bajarishning aniqligi
koeffitsienti (A) Uippl formulasi bilan hisoblanadi:
P
N
r
N
bu erda N - umumiy aniqlangan stimullar soni, R-qoldirilgan stimullar soni, r-
noto`g`ri aniqlangan stimullar soni. Diqqat tanlovchanligining yana bir ko`rsatkichi,
tekshiriluvchi tomonidan berilgan stimulni topish uchun sarflangan vaqt (m) (T.C)
dir. U bitta stimulni topishga sarflangan vaqt (S) tanlash vaqti deb qaraladi. Tanlash
tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
T
m
S
Bu uslubni o`tkazish uchun kirill alifbosidagi harflardan iborat blankalar
tayyorlanadi. Har bir blankada 10 qatorga 54 tadan harf yozilib ular ichida tartibsiz
holda 24 so`z (turli darajadagi qiyinlikdagi) yashiringan. Tekshiriluvchining vazifasi
ana shu so`zlarni topishdan iborat. Bunda sarflangan vaqt e`tiborga olinadi.
Eksperimentator avvaldan tayyorlangan dastur-blankasiga ega bo`ladi. Natijani
tahlil qilishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
1) Natija dastur blankasi bilan solishtiriladi.
2) CHizilgan so`zlar soni sanab chiqiladi.
3) Qoldirilgan so`zlar soni sanaladi(p):
4) Noto`g`ri chizilgan so`zlar soni aniqlanadi- (r).
5) To`g`ri chizilgan so`zlar soni (m) aniqlanadi.
6) Uippl formulasi bo`yicha A ni hisoblanadi.
7) Tanlash tezligini hisoblash (S).
8) Barcha tekshiriluvchilar uchun o`rtacha ko`rsatkichni aniqlash.
Ana shular natijasiga ko`ra diqqatning tanlovchanligining individual xususiyati
tahlil qilinadi.
Diqqat kontsentratsiyasi va barqarorligi o`rtasida qanday farq mavjud?
Diqqatning barqarorligi va to`planishini o`rganish ishlab chiqarish amaliyoti
extiyojlaridan kelib chiqqan. Ixtiyorsiz diqqat barqarorligini o`rganish uchun
apparatura metodlaridan foydalaniladi, ixtiyoriy diqqatni o`rganishda esa, albatta,
shaxsning faolligi hisobga olinadi. Bunda eng keng tarqalgan usul korrektura
sinovidir. Korrektura sinovini Burdon tomonidan ishlab chiqilgan va Anfimov
Dostları ilə paylaş: