Omilli tajriba-biror psixik hodisaning u yoki bu omilining ta`siriga bog`liqligini
aniqlashga xizmat qiluvchi tajriba.
8
Eksperiment metodining eng asosiy afzalliklari quyidagicha:
a) o`rganilayotgan hodisani bir necha marotaba va eng qulay sharoitlarda o`rganish
imkoniyati bor; b) o`rganilayotgan hodisa yoki uning ayrim qismlarini tashqi
ta`sirlardan himoya qilish (izolyatsiya) imkoniyati mavjud; v) jarayonning borishini
nazorat qilish mumkin. g) tadqiqot natijalarini sharoitni saqlagan holda, bir necha bor
takrorlash orqali sinab ko`rish mumkin.
Psixologiyada qo`llaniladigan barcha eksperimental metodlarni ikki guruhga:
umumiy va maxsus turlarga bo`lish mumkin. Umumiy metodlarni psixologiyaning
barcha sohalarida, maxsus metodlar esa alohida olingan sohalarda masalan, xotira
psixologiyasi, tafakkur psixologiyasida qo`llaniladi.
Barcha psixologik tajribalar mohiyatiga ko`ra bir xilda
ahamiyatga egami?
Psixologik tadqiqot oldiga quyilgan vazifaning tabiatiga ko`ra psixologik
tadqiqotlarni 3 guruhga ajratish mumkin:
a) ayrim hodisalar yoki shaxslar haqida ma`lumot to`plashga xizmat qiluvchi
tajribalar. Bunday tajribalarga tafakkur xususiyatlari, xotira tipini, sezgirlik darajasini
aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni misol qilish mumkin.
b) alohida psixik hodisani u yoki bu omil (faktor)ning ta`siriga bog`liqligini
aniqlashga xizmat qiladigan tajribalar: masalan: esda qoldirishning materialning
sifatiga bog`liqligini aniqlash va hokazo .
v) ikki hodisa o`rtasidagi funktsional aloqani aniqlashga qaratilgan tajriba,
masalan, materialning hajmi bilan takrorlashlar soni o`rtasidagi funktsional aloqani
o`rganish. Birinchi tipga kiradigan tajribalarni-sifat; ikkinchisini faktorli,
uchinchisini-funktsional tajribalar deb atash mumkin.
Psixologik tadqiqotni tashkil etar ekan, eksperimentator o`zi ta`sir etishi kerak
bo`lgan tekshiriluvchi-sub`ekt, qo`zg`atuvchi, tekshiriluvchining qo`zg`atuvchiga
beradigan javobi bilan munosabatda bo`ladi. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin:
H.n 3.n
Bunda - S – sub`ekt, tekshiriluvchi, H.n. - qo`zg`atuvchi, bog`lanmagan
o`zgaruvchi. Z.n. - tekshiriluvchining qo`zg`atuvchi ta`siriga javobi, bog`langan
o`zgaruvchi.
SHuningdek, tajriba davomida tekshiriluvchining shaxsiga bog`liq bo`lgan
shart-sharoitlar ham mavjuddur. Bu tekshiriluvchining yoshi, jinsi, umumiy
salomatligi, temperamenti, hissiy holati, umumiy va maxsus qobiliyatlari, bilimi,
qarashlari, qiziqishlari ko`nikma va malakalari bo`lishi mumkin.
Tajribaning ichki va tashqi sharoiti uning borishiga qay darajada ta`sir
etadi?
Dostları ilə paylaş: