Eksperimental psixologiya



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə20/20
tarix04.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#82801
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
eksperimental psixologiya

B A Y O N N O M A:
Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:



Kvadratlar

Vaqt oralig’i

O’ng qo’l

Chap qo’l

1

0-5







2

6-10







3

11-15







4

16-20







5

21-25







6

26-30







Natijalar tahlili:



  1. Har bir kvadratdagi nuqtalar soni sanaladi.

  2. O’ng va chap qo’l uchun ish qobiliyatining grafigi tuziladi. Bunda abssissa o’qiga 5 sekundlik vaqt oralig’i, ordinata o’qiga esa har bir kvadratga qo’yilgan nuqtalar soni belgilanadi.

  3. Hosil bo’lgan grafik asab tizimi tipi haqidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va xulosa chiqariladi.

14-laboratoriya ishi


MAVZU: O’Z-O’ZINI BAHOLASH.
Maqsad: Shaxsning o’z-o’ziga baho berish koeffitsientini aniqlash.
Jihoz: Shaxs sifatlari va javoblar varag’i.


Ishning borishi:
Tajriba yakka holda yoki guruh sharoitida olib borilishi mumkin. Tekshiriluvchiga quyidagi ko’rsatma beriladi:

  1. «Shaxs xususiyatlarini ifodalovchi so’zlarni diqqat bilan o’qib chiqing, bu sifatlarni ijtimoiy ahamiyati, foydaliligi va yoqimliligiga ko’ra 20 balldan 1 ballgacha baholab chiqing hamda javoblar varag’ining chap tomonidagi N ustuniga yozib qo’ying. Bunda 20 ball eng ahamiyatli, eng foydali va eng yoqimli sifatga, 1 ball esa eng yoqimsiz, ahamiyatsiz va foydasiz sifatga beriladi. 19-2 ballar esa ahamiyatlilik darajasiga ko’ra har bir sifatga qo’yib chiqiladi. Hech bir baho ikki marta qaytarilishi yoki biror sifat baholanmay qolishi mumkin emas».

  2. «Tavsiya etilgan sifatlardan o’zingizga xos bo’lganini 20 ball, kamroq xos bo’lganini 19, umuman xos bo’lmaganini 1 ball tartibida baholab chiqing va javoblar varag’ining o’ng tomonidagi N ustuniga yozing».

B A Y O N N O M A

Tekshiriluvchi:


Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana:





Sifatlar

N

d

d2




Itoatkorlik













Dadillik













Ta’sirlanuvchanlik













Qat’iyatlilik













Asabiylik













Chidamlilik













Qiziquvchanlik













Sustkashlik













Sovuqqonlik













Tashabbuskorlik













Ehtiyotkorlik













Injiqlik













O’zini tuta olmaslik













Qat’iyatsizlik













G’ayratlilik













Quvnoqlik













Qaysarlik













Beg’amlik













Tortinchoqlik













Shubhalanuvchanlik






















d2



Natijalar tahlili





  1. Yuqori qatordagi sifatdan boshlab chap tomondagi N ustunidagi ballardan o’ng tomonidagi N ustunidagi ballarni ayirib, d ustuniga yoziladi.

  2. d ustunidagi sonlarni kvadratga ko’tarib, d2 ustuniga yoziladi.

  3. d2 ustunidagi sonlar yig’indisi hisoblanadi.

  4. Quyidagi formula asosida o’z-o’zini baholash koeffitsiyenti aniqlanadi.



r=1 – 0,00075 · d2


Xulosa.
O’z-o’zini baholash koeffitsiyenti +1 dan –1 gacha bo’ladi. Natija +1 ga qanchalik yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash shunchalik yuqori bo’ladi. Natija –1 ga yaqin bo’lsa, o’z-o’zini baholash past darajada, ya’ni shaxs o’ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’ladi. Natija +0,5 atrofida bo’lsa, o’zining ijobiy sifatlarini baholash o’rtacha, –0,5 atrofida bo’lsa salbiy sifatlarini o’rtacha baholaydi.


15-laboratoriya ishi


MAVZU: SHAXSNING TUZILISHINI O’RGANISH.


Maqsad: Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va xususiyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash.


Jihoz: K.K. Platonovning «Shaxs xaritasi» metodikasi, javob varaqasi.
Ishning borishi:
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Sizga tavsiya etilayotgan «Shaxs xaritasi»ga mazkur xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini berilgan ko’rsatma bo’yicha baholang. So’ngra mazkur xaritani ikki yoki uchta eng yaqin do’stingiz uchun to’ldiring. O’z navbatida ular ham siz uchun to’ldirsin».

1. Fon ko’rsatkichlari

1

2

3

4

5




2.
Q
o
b
i
l
i
y
a
t
l
a
r

1




2




3




4




5




6



























3.

X
a
r


a
k
t
e
r

1




2




3




4




5

















4. Yo’nalganligi.

1

2

3

4

5

6

7






























5. Tajriba

1

2

3

4

5

6



























6. Psixik jarayonlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9


































SHAXS XARITASI





  1. Fon ko’rsatkichlari.

    1. Salomatligi.

    2. Salomatligiga munosabati.

    3. Ish sharoiti.

    4. Oilaviy sharoiti.

    5. Jismoniy faolligi.




  1. Qobiliyatlar.

    1. Psixomotor xususiyatlar.

    2. Badiiy (musiqa, artistlik, adabiy, tasviriy san’at) qobiliyatlar.

    3. Texnikaga qobiliyati.

    4. Ilmiy qobiliyatlar.

    5. Tashkilotchilik-pedagogik qobiliyatlar.

    6. Axloqiy-huquqiy qobiliyatlar.




  1. Xarakter.

    1. Jamiyatga munosabati.

    2. Mehnatga munosabati.

    3. Odamlarga munosabati.

    4. O’ziga munosabati.

    5. Xususiy mulkka munosabat.




  1. Shaxsning yo’nalganligi.

    1. E’tiqod, ideal va moyilliklarning rivojlanish darajasi.

    2. E’tiqod, ideal va moyilliklarning kengligi.

    3. E’tiqod, ideal va moyilliklarning intensivligi.

    4. E’tiqod, ideal va moyilliklarning barqarorligi.

    5. E’tiqod, ideal va moyilliklarning amal qilishi.

    6. Kasbiy yo’nalganlik.

    7. Diniy yo’nalganlik.




  1. Tajriba.

    1. Kasbiy tayyorgarligi.

    2. Kasbiy tajriba.

    3. Adabiyot va san’at sohasidagi madaniyati.

    4. Intellekt darajasi.

    5. Xulq-atvor madaniyati.

    6. Psixomotor madaniyati.




  1. Psixik jarayonlarning individual xususiyatlari.

    1. Hissiy qo’zg’aluvchanlik.

    2. Hissiy holatlarning barqarorligi.

    3. His-tuyg’ularning faoliyatga ta’siri.

    4. E’tiborlilik (diqqat).

    5. Xotira.

    6. Tafakkur.

    7. Hayol.

    8. Iroda, o’zini tuta bilish.

    9. Maqsadga intiluvchanlik.




  1. Temperament.

    1. Asab tizimi kuchi.

    2. Asab tizimining muvozanati.

    3. Asab tizimining harakatchanligi.



«Shaxs xaritasi»ni to’ldirishga oid ko’rsatmalar.

    1. Salomatligi:

  • sog’ligi a’lo darajada – 5 ball;

  • deyarli bezovta qilmaydi – 4 ball;

  • tez o’tib ketuvchi kasalligi bor – 3 ball;

  • ish qobiliyatiga ta’sir etmaydigan kasalligi bor – 2 ball;

  • ish qobiliyatiga kasalligi sezilarli ta’sir etadi – 1 ball.




    1. Salomatligiga munosabati:

  • sog’ligi haqida umuman o’ylamaydi – 5 ball;

  • sog’lig’ini oshirib baholaydi – 4 ball;

  • uning fikri salomatligiga mos keladi – 3 ball;

  • o’zidagi kasallikni oshirib baholaydi – 2 ball;

  • kasalligi haqida ko’p o’ylaydi – 1 ball.




    1. Ish sharoiti:

  • sharoit to’la qanoatlantiradi – 5 ball;

  • qoniqarli, ba’zi yoqmaydigan tomonlari bor – 4 ball;

  • noaniq, sharoit bir xilda emas – 3 ball;

  • unchalik yaxshi emas – 2 ball;

  • umuman yaxshi emas – 1 ball.




    1. Oiladagi sharoit:

  • sharoit to’la qanoatlantiradi – 5 ball;

  • qoniqarli, ba’zi yoqmaydigan tomonlari bor – 4 ball;

  • noaniq, sharoit bir xilda emas – 3 ball;

  • unchalik yaxshi emas – 2 ball;

  • umuman yaxshi emas – 1 ball.




    1. Jismoniy faolligi:

  • sport bilan muntazam shug’ullanadi, sport razryadiga ega – 5 ball;

  • sportga qiziqadi, lekin doimiy shug’ullanmaydi – 4 ball;

  • har kuni badantarbiya bilan shug’ullanadi – 3 ball;

  • badantarbiya bilan doimiy shug’ullanadi – 2 ball;

  • badantarbiya va sportga qiziqishi yo’q – 1 ball;

2.1. dan 2.5. gacha shaxsning turli qobiliyatlari quyidagi mezon bo’yicha baholanadi:



  • hamma tan oladigan iste’dodga ega – 5 ball;

  • boshqalardan ajratib turadigan qobiliyatga ega – 4 ball;

  • shu sohaga qobiliyati bor, lekin boshqalardan ajralib turmaydi – 3 ball;

  • shu faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi qobiliyati yo’q – 2 ball;

  • umuman qobiliyati yo’q – 1 ball.




    1. Axloqiy-huquqiy qobiliyati:

  • axloqiy-huquqiy ongi juda yuqori darajada – 5 ball;

  • axloqiy-huquqiy ongi yuqori darajada, ammo bu normalarni buzuvchilarga passiv munosabatda bo’ladi – 4 ball;

  • ba’zan vaziyat ta’sirida xulq-atvor normalariga zid harakat qiladi – 3 ball;

  • tez-tez axloqiy-huquqiy normalarni buzib turadi – 2 ball;

  • axloqiy-huquqiy normalarni doimo buzib turadi – 1 ball;




    1. Jamiyatga munosabati: vatanparvarlik, mas’uliyat hissi, hamkorlik, qat’iyatlilik, optimizm va boshqalar.

    2. Mehnatga munosabati: intizomlilik-intizomsizlik, mas’uliyatlilik-mas’uliyatsizlik, mehnatsevarlik-dangasalik, ishbilarmonlik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik va boshqalar.

    3. Odamlarga munosabati: insonparvarlik, altruizm, mehribonlik, ishonuvchanlik, samimiylik, muloqotchanlik, xushmuomalalik, axloqiylik va boshqalar.

    4. O’ziga munosabati: o’z-o’zini hurmat qilish, mag’rurlik, xudbinlik va boshqalar.

    5. Xususiy mulkka munosabati: ehtiyotkorlik, xasislik, saxiylik, tartiblilik va boshqalar.

3.1. dan 3.5. gacha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:





  • mazkur xususiyat shaxsda juda yaxshi rivojlangan va aniq ifodalanadi – 5 ball;

  • xususiyat yaqqol ifodalanadi, lekin doimo namoyon bo’lmaydi – 4 ball;

  • mazkur xususiyat va uning qarama-qarshi sifati bir-biriga teng – 3 ball;

  • bu xususiyatning qarama-qarshi sifati yaqqol ifodalangan – 2 ball;

  • qarama-qarshi xususiyat barcha faoliyatda yaqqol namoyon bo’ladi – 1 ball;

  • bu xususiyat haqida hech qanday ma’lumot yo’q – 0 ball.




    1. Shaxsning yo’nalishining darajasi:

  • shaxsning e’tiqodi, ideal va intilishlari axloqiy normalarga mos keladi – 5 ball;

  • yuksak e’tiqodga ega, ba’zan qarama-qarshi holatlar ham bo’lib turadi – 4 ball;

  • e’tiqod va intilishlari bir-biriga qarama-qarshi – 3 ball;

  • shaxsning yo’nalishi barqaror emas – 2 ball;

  • axloqiy va huquqiy normalarga zid xususiyatlar kuchli rivojlangan – 1 ball.




    1. Shaxs yo’nalishining kengligi:

  • shaxsning qiziqishlari keng – 5 ball;

  • kasbga qiziqishidan tashqari boshqa narsalarga ham qiziqadi – 4 ball;

  • faqat kasbga qiziqadi – 3 ball;

  • faqat bitta «xobbi»si bor – 2 ball;

  • aniq ifodalanadigan qiziqishga ega emas – 1 ball.




    1. Qiziqishlarning kuchi (intensivligi):

  • qiziqish va e’tiqod kuchli darajada – 5 ball;

  • shaxsning e’tiqod va yo’nalishlari jadalligi uning yaxshi tomonlarida aks etadi – 4 ball;

  • shaxsning qiziqish va e’tiqodlari uni boshqalardan ajratib turmaydi – 3 ball;

  • qiziqish va intilishlar ko’proq salbiy tomoni bilan ajralib turadi – 2 ball;

  • atrof-muhitga befarqlik bilan qaraydi – 1 ball;




    1. Shaxs yo’nalishining barqarorligi:

  • shaxs yo’nalishi o’spirinlikdan beri o’zgarmagan – 5 ball;

  • hayotida bir marta o’zgargan – 4 ball;

  • bir necha marotaba o’zgargan – 3 ball;

  • faqat amalga oshadigan oson maqsadlarga erishishga harakat qiladi – 2 ball;

  • uning qiziqishlarini amalga oshirib bo’lmaydi – 1 ball.




    1. Shaxs yo’nalishining amalga oshirilishi:

  • doimo amalga oshiriladi – 5 ball;

  • ko’p qismi amalga oshiriladi – 4 ball;

  • asosiy qismi amalga oshiriladi – 3 ball;

  • faqat eng osonlari amalga oshiriladi – 2 ball;

  • deyarli amalga oshirilmaydi – 1 ball.




    1. Kasbiy yo’nalish:

  • sub’yekt bu kasbni o’z hohishi bilan tanlagan – 5 ball;

  • bu kasbni tanlashiga bo’lgan hoxish bir necha marotaba o’zgargan – 4 ball;

  • 3 va 2 ball kasbiy yo’nalishning darajasiga qarab qo’yiladi;

  • kasbni tasodifiy tanlagan, sharoitga qarab uni oson o’zgartirishi mumkin – 1 ball.




    1. Diniy yo’nalishi:

  • din uchun faol kurashchi – 5 ball;

  • din uchun passiv kurashadi – 4 ball;

  • dinga e’tiqod qiladi, lekin ayrim ateistik qarashlari ham bor – 3 ball;

  • passiv ateist – 2 ball;

  • faol ateist – 1 ball.




    1. Kasbiy tayyorgarlik darajasi:

  • kasbiy tayyorgarligi a’lo darajada – 5 ball;

  • kasbiy tayyorgarligi yaxshi darajada – 4 ball;

  • kasbiy tayyorgarligi o’rtacha darajada – 3 ball;

  • kasbiy tayyorgarligi yomon darajada – 2 ball;

  • kasbiy tayyorgarligi juda yomon darajada – 1 ball.

5.2. dan 5.6. gacha shaxsning madaniyat darajasi quyidagicha baholanadi:



  • juda yuqori – 5 ball;

  • yuqori – 4 ball;

  • o’rtacha – 3 ball;

  • past – 2 ball;

  • juda yomon – 1 ball.




  1. Bilish jarayonlari.

    1. Hissiy qo’zg’aluvchanlik

  • ta’sirlanuvchanlik yuqori bo’lsa – 5 va 4 ball;

  • o’rtacha darajada – 3 ball;

  • past darajada – 2 va 1 ball.




    1. Hissiy motor xususiyatlarning barqarorligi:

  • psixomotorikaning buzilishi deyarli kuzatilmaydi – 5 ball;

  • sezilarsiz asabiylik uchrab turadi – 4 ball;

  • tez o’tib ketadigan asabiylik holati mavjud – 3 ball;

  • psixomotorikaning qat’iy buzilishi mavjud – 2 ball;

  • umuman tuzatish mumkin emas – 1 ball.




    1. Hissiyotlarning stenik holati:

  • barcha ish faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan ko’tarinki kayfiyatda yuradi – 5 ball;

  • doimo bir xil kayfiyatda yuradi – 4 ball;

  • kayfiyati tez-tez o’zgarishga moyil – 3 ball;

  • faoliyatga salbiy ta’sir etadigan astenik kayfiyat kuchli – 2 ball;

  • har doim befarq yuradi – 1 ball.




    1. E’tiborlilik:

  • sub’yekt bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq ish bilan mashg’ul bo’ladi – 5 ball;

  • diqqat bir narsaga yo’naltiriladi, qo’shimcha ta’sirlar uzoq vaqt ta’sir qilmaydi – 4 ball;

  • diqqatini faqat bir narsaga to’playdi – 3 ball;

  • tez chalg’iydi, parishonxotir – 2 ball;

  • diqqatini umuman to’play olmaydi – 1 ball.




    1. Xotira:

  • tez esda qoldirib, sekin unutadi – 5 ball;

  • xotirasi yaxshi, ba’zi narsalarni unutib qo’yadi – 4 ball;

  • o’qiganlarining faqat mazmunini esda olib qoladi – 3 ball;

  • esda qoldirilganlarning faqat ayrim qismlarini esda saqlab turadi – 2 ball;

  • axborotlarni uzoq vaqt esda saqlay olmaydi – 1 ball.




    1. Tafakkur:

  • o’z oldiga qo’yilgan muammolarni tezda hal qila oladi – 5 ball;

  • o’z oldiga qo’yilgan muammolarni tezda emas, biroz sekinroq hal qiladi – 4 ball;

  • muvaffaqiyatli yechim odatda kechroq miyasiga keladi – 3 ball;

  • aqliy faoliyati sekin amalga oshiriladi – 2 ball;

  • aqliy imkoniyatlari minimal darajada – 1 ball.




    1. Hayol:

  • ijodiy hayol barcha faoliyatda ishtirok etadi – 5 ball;

  • ijodiy hayol bitta faoliyatda ishtirok etadi – 4 ball;

  • vaqti-vaqti bilan namoyon bo’ladi – 3 ball;

  • juda kam namoyon bo’ladi – 2 ball;

  • ijodiy hayol umuman yo’q – 1 ball.




    1. O’zini tuta bilish:

  • qiyin vaziyatda o’zini tuta oladi – 5 ball;

  • kuchli qo’zg’alish paytida ovozi va yuz ifodasida o’zgarish bo’ladi – 4 ball;

  • ba’zan o’zini yo’qotib qo’yyadigan holatlar ham bo’lib turadi – 3 ball;

  • g’azab va nafratini zo’rg’a bosib turadi – 2 ball;

  • o’zini boshqara olmaydi – 1 ball.




    1. Maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, tez qaror qabul qilish: mazkur xususiyatlar ifodalanish darajasiga ko’ra 5 balldan 1 ballgacha baholanadi.




  1. Temperament.

    1. Asab tizimining kuchi:

  • 5 va 4 ball kuchli asab tizimiga;

  • 2 va 1 ball kuchsiz asab tizimiga qo’yiladi;

  • 3 ball o’rtacha asab tizimiga qo’yiladi.




    1. Asab tizimining muvozanati:




    1. Asab tizimining harakatchanligi:

  • 5 va 4 ball harakatchan asab tizimiga;

  • 2 va 1 ball inert asab tizimiga;

  • 3 ball o’rtacha harakatchan asab tizimiga beriladi.

Natijalar tahlili:



  1. Shaxsning har bir xususiyati bo’yicha (temperamentdan tashqari) to’plagan ballari yig’indisi hisoblanadi.

  2. Barcha xususiyatlar uchun (temperamentdan tashqari) to’plangan umumiy ball hisoblanadi.

  3. O’zining va sherigining unga qo’ygan ballari o’zaro solishtiriladi.

  4. To’plangan ballar asosida shaxsda o’z-o’ziga baho berishning darajasi va xususiyatlarning rivojlanganligi haqida xulosa chiqariladi. Natijalar tahlil qilishda o’rtacha ball 130 atrofida ekanligi e’tiborga olinadi. Natija 6 balldan 195 gacha bo’lishi mumkin. O’z-o’ziga baho berishning o’rtacha darajasi 130 ball atrofida deb belgilanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Daminov Q. va boshqalar. Psixologiyadan seminar va laboratoriya mashg’ulotlari. Toshkent, 1994.

  2. Nazarova K. Eksperimentalnaya psixologiya. Toshkent, 2001.

  3. Nemov R.S. Prakticheskaya psixologiya. Moskva, 2000.

  4. Praktikum po obshey psixologii. Moskva, 1990.

  5. Praktikum po obshey i eksperimentalnoy psixologii. Moskva, 1990.

  6. Rogov Ye.P. Nastolnaya kniga prakticheskogo psixologa. Moskva, 1999.




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin