Eksperimental psixologiya



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə18/20
tarix04.02.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#82801
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
eksperimental psixologiya

Ishning borishi:

Tajriba boshida tekshiruvchi tekshiriluvchiga quyidagicha ko’rsatma beradi: «Ushbu tadqiqotning maqsadi sizda paydo bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholashdan iborat. So’rovnoma topshiriqlari sizda muayyan tasavvur hosil qiladi. Berilgan shkalaga asoslanib, hosil bo’lgan tasavvurlarning yorqinligi va aniqligini baholashingiz kerak. Tasavvurni bu ob’yekt haqidagi bilimlar bilan aralashtirib yubormang. Siz ob’yektni fikran ko’rishingiz va uning yorqinligi va aniqligini baholashingiz kerakligini unutmang».




D. Marks so’rovnomasi

Siz tez-tez ko’rib turadigan yaqinlaringiz, do’stlaringizdan biri haqida o’ylang. Fikran shu kishi qarshingizda turibdi deb tasavvur qiling. Quyidagi savollarga asoslanib, tasavvurlarning yorqinligi, aniqligini baholang.



  1. Shu kishining yuzi, boshi, yelkalari, tanasini aniq tasavvur qiling.

  2. Shu kishiga xos bo’lgan bosh va tananing holatini (poza) tasavvur qiling.

  3. Shu kishining gavdasini tutishi, yurishi, qadam tashlashini tasavvur qiling.

  4. Shu kishining kiyimlari va uning rangini tasavvur qiling.

Quyosh chiqishidagi quyidagi holatlarni tasavvur qiling va shkala bo’yicha baholang.





  1. Quyosh osmonning bir chetidan asta ko’tarilmoqda.

  2. Quyosh moviy osmonda turibdi.

  3. Quyosh ko’tarilgan, lekin osmonda bulutlar bor. Bir tomonda esa chaqmoq chaqmoqda, momoqaldiroq bo’lyapti.

  4. Quyosh turibdi, osmonda kamalak bor.

O’zingiz tez-tez kirib turadigan magazinni tasavvur qiling va shkala bo’yicha baholang.





  1. Ko’chaning qarama-qarshi tomonida turib, magazinni to’laligicha tasavvur qiling.

  2. Tasavvur qiling: siz eshikka yaqinlashayapsiz, uning rangi, hajmi va boshqa qismlari qanaqa?

  3. Magazin vitrinasini undagi mahsulotlar bilan birgalikda tasavvur qiling.

  4. Tasavvur qiling: siz magazinga kirdingiz, peshtaxtaga yaqinlashdingiz, sotuvchi sizga mahsulot va qaytim beryapti. Uning qo’llari qanaqa?

Daraxtlari, tog’lari, ko’li bilan birgalikda qishloq manzarasini tasavvur qiling.





  1. Uzun landshaftini butunligicha tasavvur qiling.

  2. Daraxtlar, ularning rangi va hajmini tasavvur qiling.

  3. Ko’lning rangi va hajmini tasavvur qiling.

  4. Tasavvur qiling: shamol turdi, daraxt yaproqlari shovullaydi, ko’lda to’lqinlar paydo bo’ldi.

Har bir tekshiriluvchi uchun alohida bayonnoma shakli tayyorlanadi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin