Ikkinchi bosqich. Tekshiruvchi tekshiriluvchining oldiga 10 ta so’zni qo’yadi va unga 10 sekund davomida so’zlarni o’qib chiqishga ruxsat beradi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Oldingizda so’zlar yozilgan varaq turibdi (teskari holda). Mening buyrug’imdan so’ng 10 sekund davomida uni olib o’qiysiz, o’qishni tugatib, yana uni joyiga qo’yasiz va bayonnomaga eslab qolgan so’zlaringizni yozasiz».
Uchinchi bosqich. Tekshiruvchi tekshiriluvchining oldiga yangi so’zlardan iborat bo’lgan varaqlarni qo’yadi va unga hamma so’zlarni ovoz chiqarib o’qishga ruxsat beradi. Tekshiriluvchi ularni pichirlab o’qiydi va bayonnomaga esda qoldirgan so’zlarini yozadi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Oldingizda so’zlar yozilgan varaq turibdi. Mening buyrug’imdan so’ng siz uni olib men bilan birga pichirlab o’qishingiz kerak. So’ng eslab qolgan so’zlaringizni bayonnomaga yozasiz».
To’rtinchi bosqich. Tekshiruvchi ovoz chiqarib so’zlarni o’qib beradi, tekshiriluvchi uning orqasidan har bir so’zni qaytaradi va harakat yordamida ularni havoda yozib turadi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Hozir men sizga bir qator so’zlarni o’qib beraman. Ularni yaxshilab eslab qolish uchun qaytarishingiz, havoda yozishingiz mumkin. Buyrug’imdan so’ng eslab qolgan so’zlaringizni bayonnomaga yozasiz».
B A Y O N N O M A: Tekshiriluvchi:
Tekshiruvchi:
Tekshiriluvchining ruhiy holati:
Sana: