1.Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr. 2.Bog‘chagachabo‘lganyoshdavri-1yoshdan3yoshgacha. 3.Maktabgachabo‘lganyoshdavri-3yoshdan7yoshgacha. 4.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 11-12 yoshgacha. 5.O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) — 12-17 yosh. Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Falsafaning “Gender tomonlari”, “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Gender antropologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgannatijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi. Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: