Birlamchi ehtiyojlarga- insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlari hisoblanadi. Ikkilamchi ehtiyojlarga- insonning ma’naviy, intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Individual ehtiyoj- har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi. Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uYushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat Yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir. Umum jamiyat ehtiyoji- bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosidainsonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. Shaxs yo’nalganligi - bu barqaror motivlar yig'indisi bo'lib, shaxs faoliyatini belgilaydi. Shaxs yo'nalganligi qiziqishlar, dunyoqarash, e’tiqod, intilish va idealda xarakterlanadi. Qiziqish- bilish ehtiyojini namoyon formasi bo'lib, u yangi faktlar bilan tanishishga, hamda borliqni aniq, chuqur va aniq aks etishiga yordam beradi. Dunyoqarash - insonning qarashlari tizimi bo'lib, unda insonni atrofdagi dunyoga munosabati va bu dunyoda o'zining o'rnini anglash, kishilarga bo'lgan munosabati hayotiy pozitsiyasi, ideallari, qadriyatlari, e’tiqodlari va printsiplari namoyon bo'ladi. E’tiqod- insonni anglangan ehtiyoji bo'lib, u faoliyatga undaydi. Ideal - bu namuna, intilishlarning eng Yuqori cho'qqisi. Intilish - birlamchi qiziqish, ehtiyojni hissiy kechirilishi, ob’ektga intilishidir. Ekstravertsiya - inson ongni va diqqatini atrofga, tashqariga, asosan o'zi atrofida bo'layotgan narsalarga qaratilganidir. Ekstravertsiya intravertsiyaga qarshi bo'lib, intravertsiya - bu ong va inson qiziqishlarini o'ziga, o'z ichiki dunyosiga qaratilgandir.