Ishonch - insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir. Refleksiya - shaxs ongini o'ziga qarata olish layoqatidir. Adantivlik - adantatsiyani engillashtirishga qaratilgan, organizmni moslashuvchanligi. Bu termin adantiv xulq-atvor iborasi bilan qo'llanishi normal hol sifatida qabul qilinadi. Ishonuvchanlik- holat bo'lib, tez qabul qiluvchanlik, ta’sirga kishini beruvchanligi va uni psixologiyasi va xulq-atvorida ma’lum o'zgarishlarni Yuz berishiga sabab bo'ladi. Komformlilik - shaxsiy fikr, munosabat fikr va xatti-harakatga tashqi ta’siri kiritish tendentsiyasi bo'lib, bu tushunchadan foydalanishning uch modeli mavjud: a) xulq-atvorda. Masalan: «guruhga qo'shilish»da, ko'pchilikka o'xshab harakat qilishga intilish; b) munosabatda, tashqaridan tadqiq o'tkazilganda, o'zgalarning bosimi yoki ta’siri natijasi bilan bog'liq bo'lganmunosabat; v) shaxs xususiyati sifatida; Ko'rinib turibdiki komformlilik - bu boshqalar fikrini tashqari holatda qabul qilib, ichkari holatda o'z fikrini to'g'riligidan qaytmaslikdir. O'z-o'ziga baho berish- psixologiyada o'z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, Yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O'z- o'ziga baho berish adekvat, Yuqori va past bo'lishi mumkin. Buni shartli ravishda: S q n (adekvat) S > n (Yuqori) S < n (past). Bunda - S - o'z-o'ziga baho berish, n - imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq. Frustratsiya - shaxsni o'z muvaffaqiyatligini chuqur emotsional his qilishi bo'lib, u ilojsizlik, umidsizlik bilan namoyon bo'ladi.