Ishonch - insonni biror bir narsaga ma’lum argument faktlarsiz qat’iyatidir. Refleksiya - shaxs ongini o'ziga qarata olish layoqatidir. Adantivlik - adantatsiyani engillashtirishga qaratilgan, organizmni moslashuvchanligi. Bu termin adantiv xulq-atvor iborasi bilan qo'llanishi normal hol sifatida qabul qilinadi. Ishonuvchanlik - holat bo'lib, tez qabul qiluvchanlik, ta’sirga kishini beruvchanligi va uni psixologiyasi va xulq-atvorida ma’lum o'zgarishlarni Yuz berishiga sabab bo'ladi. Komformlilik - shaxsiy fikr, munosabat fikr va xatti-harakatga tashqi ta’siri kiritish tendentsiyasi bo'lib, bu tushunchadan foydalanishning uch modeli mavjud: a) xulq-atvorda. Masalan: «guruhga qo'shilish»da, ko'pchilikka o'xshab harakat qilishga intilish; b) munosabatda, tashqaridan tadqiq o'tkazilganda, o'zgalarning bosimi yoki ta’siri natijasi bilan bog'liq bo'lganmunosabat; v) shaxs xususiyati sifatida; Ko'rinib turibdiki komformlilik - bu boshqalar fikrini tashqari holatda qabul qilib, ichkari holatda o'z fikrini to'g'riligidan qaytmaslikdir. O'-.-o'-.iga baho berish - psixologiyada o'z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, Yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O'z-o'ziga baho berish adekvat, Yuqori va past bo'lishi mumkin. Buni shartli ravishda: S q n (adekvat) S > n (Yuqori) S < n (past). Bunda - S - o'z-o'ziga baho berish, n - imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq. Frustratsiya - shaxsni o'z muvaffaqiyatligini chuqur emotsional his qilishi bo'lib, u ilojsizlik, umidsizlik bilan namoyon bo'ladi. Frustratsiya - shaxsni agressiv yoki anatik xulq - atvori sifatida kechadi. Shu bilan birga shaxsda tolerantlik kabi xususiyat ham uchraydi. Bu shaxsni u yoki bu faktorga befarqligi yoki munosabatning mavjud emasligidir. U uch turdi namoyon bo'ladi - muvaffaqiyatsizlik, fikrlovchi munosabat, ichki bexalovatlilik va osoyishtalik. Shaxs odamning atrofiga bo'lgan munosobatlarini va o'z-o'ziga bo'lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o'z-o'ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O'z-o'ziga baho berish - uch xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin: a) shaxs o'ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o'z-o'ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin; b) o'z-o'zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug'ri, me’yorda baholash, o'rtacha daromadi baholashi: v) o'zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan Yuqori baholashi, bu odamda o'ziga bino qo'yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsni o'z-o'ziga to'g'ri baho berishida o'z- o'zinianglash muhim hisoblanib, shaxsni tug'ri shakllanishi, individning o'zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o'z munosabatini o'rganadi. O'z-o'zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir. Shaxs taraqqiyotining harakatiga keltiruvchi kuchlar.
Odam individ bo'lib tug'iladi, shaxs bo'lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e’tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o'zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo'nalishi bilan bog'liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo'ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo'nalishini asosiy ko'rinishi” rasmini kuzatamiz. +++ Shaxsni shakllantiruvchi omillar: a) hayotning shart-sharoiti bilan o'zaro munosabat (madaniy, moddiy va ijtimoiy); b) yosh avlodga ijtimoiy tarixiy tarbiyaviy tajribalarni o'tkazish, inson ongi va xulq - atvoriga uni hayot va mehnatga tayyorgarligini rivojlantirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlovchi tushuncha, printsip va qadriyatlarni singdirishdan iborat bo'lgan tarbiya; v) shart-sharoitni o'zgarishi bilan shaxs ham o'zgaradi (rivojlanish Yuzaga keladi); g) O'z-o'zini tarbiyalash - ongli faoliyat bo'lib, insonni shaxs sifatida to'la namoyon bo'lishini ta’minlaydi (O'z-o'zini boshqarish, o'z- o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini tahlil qilish); Shaxsni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar: a) faoliyatda o'zgaruvchi ehtiyojldar orasida qarama-qarshiliklar va ularni qondirish; b) faoliyatdagi faollik natijasida qondiriladigan ehtiyojlar asosida yangi ehtiyojlarning Yuzaga kelishi; Qarama-qarshiliklarni engish mahsul usullar, yo'llar,harakatlar, bilim va malakalar asosida ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Shaxs shakllanishida etakchi o'rin tarbiyaga ajratiladi. Tarbiya shaxs rivojlanishini tashkil etadi, yo'naltiradi va jamiyat talablariga moslashtiriladi. Demokrit aytganidek: «Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa tarbiyadir». Ishonch - xulq xatti-harakatlarini muhim anglanilgan motivi, faoliyatini aniq yo'nalishga solib turuvchi va dunyoni hissiy idrok etish, qat’iy printsipga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Foyalar o'z - o'zini tarbiyalash rejasini beruvchi, o'zini nazorat qilishga undovchi omil hisoblanadi. Bola shaxsning tarkib topishida ta’lim tarbiyaning ta’siri asosiy ahamiyat kasb etadi. Tarbiya muassasalari: bog'cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga o'quvchilarni o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ularni shaxsini o'rganish metodlaridan foydalanish samarali kechadi. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va amaliy o'zlashtirish usulllari yig'indisidir. O'quvchi shaxsini o'rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so'rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o'zini qanday tutishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, Yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo'lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir a’zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o'zaro munosabatlar xususiyatlari o'rganiladi. Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar keng qo'llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. ( ) ushbu metodika
E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil’yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo'llaniladi. Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg'unlikni o'rganishga mo'ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo'ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El’komin, T.V.Dragunovalar o'smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov Yuksak insoniy tuyg'ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o'rtoqlik - do'stlik” borasidagi o'smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o'rganilishi o'smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi. Xulosa: Demak - odam avvalo individ bo'lib dunyoga keladi. Uning shaxs bo'lib shakllanishida uning biologik shartlanganlik - jinsiy, yosh davrlari,miyaning fiziologik, morfologik xususiyatlari: ijtimoiylashuvi muhim omillar bo'lib hisoblanar ekan. Savollar Shaxsni yo’nalganligi deb nimaga aytiladi?
Shaxsni shakllantiruvchi omillar qaysilar?
Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so'rovnomasi”metodikasida qanday hususiyatlar aniqlanadi?
Shaxsni rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar qaysilar?
P.I.Ivanov. “Ta’limning psixologik asoslari”. -T. 1963. 11-Mavzu:Kasbiy qiziqish va layoqatlarni eksperimental o’rganish Reja: Qiziqishlar haqida ma’lumot,qiziqishlarning turlari
Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog’likligi
Qiziqishlar xaritasi metodikasi yordamida to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.
Kasbiy qiziqishlar bo’yicha individual xulosalash.