O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKUL’TETI “UMUMIY PSIXOLOGIYA” kafedrasi “ Tasdiqlandi ” O’quv ishlari bo’yicha prorektor: dots.A.Sh.MamatYusupov 2020 yil. I.A.Yusupjonovaning “EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA VA PRAKTIKUM”
fanidan LABORATORIYA ISHLANMASI. Psixologiya(faoliyat turlari bo’yicha) ( 1-bosqich talabalari uchun)
ANDIJON 2020 Laboratoriya mashg’ulotlari samaradorligini oshirish uchun tavsiya etilayotgan ushbu metodikalar to’plami barcha universitet talabalari ,hamda o’z psixologik bilimlarini mustaqil ravishda oshirayotgan pedagoglar , psixologlar va murabbiylar uchun mo’ljallangan. laboratoriya mashg‘uloti ishlanmasi o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi:I.A.Yusupjonova, ADU, Umumiy psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: G.R.Tojiboyeva .ADU “ Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, (Phd) N.D.Qosimova. AVXTXQTMOHM, pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri . Fanning laboratoriya mashg‘uloti ishlanmasi “Umumiy psixologiya” kafedrasining 2020 yil “ ” avgustdagi “1” - son yig’ilshida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan laboratoriya mashg‘uloti ishlanmasi Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti kengashining 2020 yil ___ avgustdagi 1 - son majlisida muhokama etildi № 1son bayonnomasi bilana ma’qullandi. Kirish Ushbu laboratoriya mashg’uloti ishlanmasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya kursi bo‘yicha laboratoriya mashg’ulotlar mazmunini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularda eksperiment kategoriyasining psixologik mazmuni, psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning muammolari, psixodiagnostika va eksperimental psixologik muammolarini hal qilishning ilmiy usul va vositalari, eksperiment natijalarini bir necha qayta ishlash metodlari, eksperiment natijalarini jadval va grafik ko‘rinishda berish usullari, eksperimental psixologik tadqiqotni tayyorlash, uni o‘tkazish, eksperiment natijalarini analiz qilish, ularni qo‘llashga doir amaliy tavsiyalar berish bilan bayon qilingan. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya umumiy psixologik tadqiqotlar va amaliyot o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyadagi nazariy va metodik izlanishlarni yo‘nalishlari eng avvalo amaliyot buYurtmalari bilan belgilanadi. Bugungi kunda amaliy psixologik xizmat tizimining toboro keng rivoj topishi, psixodiagnostika sohasida o‘tkazilayotgan tadqiqotlar ko‘lamining kengayishi, bu yo‘nalishda katta hajmdagi ilmiy bilimning to‘planib borayotganiga sabab bo’lmoqda. Bunday sharoitda talabalar mustaqil ta'limini oqilona tashkil etish, muntazam nazorat qilishning ahamiyati kattadir. “Eksperimental psixologiya va praktikum ” fani bo’yicha laboratoriya