Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
5fca3a27369a7

2. Temir yo„l tarmoqlari. 
Bugungi kunda Respublikada temir yo„llarning 
foydalanuvdagi uzunligi 3645 km ni tashkil qiladi. Shundan 3009 km bir izli, 636 
km ikki izli temir yo„llar hisoblanadi. O„zbekistonda temir yo„llar rels oralig‟i 
1520 mm ni tashkil qiladi. Bu ko„rsatkich boshqa mamlakatlarda 1600, 1667 va 
1676 mm ni tashkil qiladi.
 
Temir yo„l transportining asosiy texnik jixozlariga doimiy qurilmalar va 
harakat tarkiblari kiradi. Temir yo„l harakat tarkibiga lokomotivlar, motorli vagonli 
harakat tarkibi va vagonlar kiradi. Lokomotivlarga: elektrovozlar, teplovozlar, 
gazotrubovozlar, paravozlar kiradi. “O„zbekiston temir yo„llari” DAK 
mutaxassislari tomonidan “Toshkent-Samarqand” yo„nalishida “Afrosiyob” tez 
yurar lakomativi yuqori tezligini, sifatli va xavfsiz harakatlanishini ta‟minlash 
maqsadida yuk poezdlari harakatlanishi uchun qurib bitkazilgan bir yo„lli “Yangier 
– Dashtobod” uchastkasi foydalanishga topshirildi. Qolaversa, 60 kilometrlik 
“Dashtobod – Jizzax” uchastkasi bo„ylab yangi yo„lning qurilishi va 
elektrlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom ettirilmoqda (7.1-rasm).
Qurilish ishlarini kompaniyaning Yo„l xo„jaligi boshqarmasi tasarrufidagi 
OPMS-203, EP-1 hamda SPMS
kabi korxonalarning og‟ir texnikalari va 
yo„lsozlari ikki smenada ish olib borishmoqda. Uchastka bo„ylab tuproq ko„tarma 
ishlari tugatilib, panjarali relslar yotqizildi. Relslar atrofi zarur shag‟al mahsulotlari 
bilan to„ldirildi. Uchastka oralig‟ida 4 ta raz‟ezd, 5 ta yo„lni kesib o„tish joylari 
bunyod etildi. Ayni paytda temir yo„lning bir qismida panjarali relslar to„liq 
yotqizib bo„lindi. Po„lat izlarni yotqizish ishlari Yo„l xo„jaligi boshqarmasining 
zamonaviy transport vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarur 
mahsulotlardan iborat temir-beton qurilmalar, shpallar, ko„priklar va boshqa 
materillar mahalliy korxonalarda tayyorlanib, qurilish ob‟ektlariga etkazilyapti. 
Yangi temir yo„l ob‟ektining qurilishi respublikamiz temir yo„llarini 
takomillashtirish, yo„lovchi va yuk tashish ishlarini bajarishda qulayliklarni yo„lga 
qo„yish, belgilangan manzilga tez va ishonchli etib borishlarini ta‟minlash, harakat 
xavfsizligi hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish asnosida iqtisodiy tejamkorlikni 
yuzaga keltiradi. 


51
7.1-rasm. O„zbekiston Respublikasi temir yo„llari xaritasi 
Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi 
Temir yo„l - yo„l poyiga chaqiq tosh, shag‟al, yoki qum yotqizilgan bo„lib, 
uning ustiga temir beton va unga pulat relslar o„rnatiladi, yoki yog‟och shpallar va 
unga maxsus maxkamlovchi elementlar bilan po„lat relslar maxkamlangan qurilma 
o„rnatiladi (7.2-rasm). 
Dunyodagi turli mamlakatlarda temir yo„llar xar xil iz oralig‟iga ega: 
me‟yoriy, keng, o„rtacha, tor (1656-1520-1000-900). Evropada me‟yoriy turdagi iz 
oralig‟i 1435 mm ni tashkil qiladi. MDH davlatlarida va Finlandiyada iz oralig‟i 
temir yo„ldan foydalanish texnik qoidalariga asosan 1520 mm teng. Stefenson iz 
oralig‟ini Evropa mamlakatlari, Kanada, AQSH, Meksika, Turkiya, Eron va 
Shimoliy Afrika mamlakatlari qo„llaganlar. Harakat xavfsizligi talbalariga binoan 
temir yo„ldagi ko„prik va tunnellarni, yuk va yo„lovchi platformalarini qurishda 
ularning temir yo„l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab quyiladi. 
7.2-rasm. Temir yo„l poyining ko„ndalang kesimi. 1 – suv chetlatuvchi ariq; 2 – 
berma; 3 – asosiy maydon; 4 – temir yo‟l poyi cheti; 5 – qiyalik; 6 – zaxira hudud; 
7 – ko‟tarmaning osti qismi; 8 – temir yo‟l cheti 


52
Temir yo„llar tarkibidagi yuk va yo„lovchi bekatlari GOST talabiga binoan 
harakatlanuvchi tarkiblarning gabarit hajmlari balandligi (ortilgan yuklarni hisobga 
olganda) 4280-5300 mm va eni 3150-3600 mm dan oshmasligi belgilangan. 
Asosiy temir yo„llardagi qurilmalar balandligi 6400 mm dan va eni 4960 mm 
dan kam bo„lmasligi kerak. Zamonaviy magistral temir yo„ldagi sun‟iy inshootlar 
va har bir pogonometr izlarga to„g‟ri keluvchi maksimal og‟irlik 80 N va qo„sh 
g‟ildirakli yuk vagonlari o„qiga tushuvchi maksimal og‟irlik 820 N, lokomotivlar 
xar bir o„qi uchun esa 230 N dan oshmasligi kerak. 
O„zbekistonda chet eldan keltirilgan maxsus “Vagon g‟ildiraklarini alohida 
holda sinovdan o„tkazish” uskunasi mutaxassislar tomonidan o„rnatildi. Mazkur 
qurilma yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar uchun moslashtirilgan bo„lib, 
g‟ildiraklarni oson va tez sinovdan o„tkazish imkonini beradi. Kompaniya 
mablag‟larini iqtisod qilish va o„z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, mazkur 
poezdlar uchun “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan 
hamkorlikda “Afrosiyob” lokomotivi telejkalarini sinovdan o„tkazish qurilmasi 
Andijon mexanika zavodida tayyorlandi. Sex uchun mo„ljallangan barcha texnik 
nazoratdan o„tkazish qurilmalari olib kelinib o„rnatildi va to„la quvvat bilan 
ishlamoqda. Ayni damda Ukrainadan olib kelingan “Afrosiyob” poezdlari ustini 
yuvish uskunasi o„rnatilib, ishga tushirish ishlari olib borilayapti.
 
“Afrosiyob” 
elektropoezdlari yuqori tezlikda harakatlangani bois ularning texnik va texnologik 
sozligi alohida ahamiyatga ega. Shu bois har kuni mazkur poezdlar reysga 
chiqishdan avval to„liq nazoratdan o„tkaziladi.
Ispaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda “O„zbekiston” lokomotiv deposi 
muhandis-texnik xodimlari ham bu boradagi amaliy ko„nikmalarini oshirib 
borishyapti. Shu o„rinda aytib o„tish joizki, yuqori tezlikdagi poezdlarga xizmat 
ko„rsatuvchi 6 nafar muhandis ispan mutaxassislari bilan amaliy mashg‟ulotlarda 
muntazam qatnashib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o„tib, “Afrosiyob” poezdida 
faoliyat olib bormoqda. Mazkur poezdlarning mavjud elektropoezdlaridan bir qator 
afzalliklari bo„lib, poezd konstruktsiyasining engilligi evaziga kam energiya 
sarflanadi. Yuqori tezlanish, shuningdek, yuqori ishonchlilik, g‟ildiraklarni relsga 
nisbatan kam emirilishi, texnik xizmat ko„rsatishda xarajatlarni kamayishiga va 
ortiqcha sarf-xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ayni damda sexda ispan 
mutaxassislari bilan birga 20 nafar xodim xizmat qilib, poezdlar harakatini tashkil 
etishda 
muvaffaqiyatli 
ish 
olib 
bormoqda. 
Yo„lovchi 
tashishlarning 
komfortabelligini oshirish va ularni jahon standartlari darajasiga keltirish 
maqsadida 2004 yil 15 yanvarda “Uzjeldorpass” OAJ yuqori komfortabelli 
tezyurar yo„lovchi poezdi marshrutini tashkil qildi. 
Registon Elektropoezdi oltita vagondan iborat bo„lib, yuqori tezlikda 
(avtomobil transportidan tezroq) yuradi, bu qisqa muddat ichida yo„lovchilarni 


53
Toshkentdan Samarqandga va Samarqandan Toshkentga etkazish imkonini 
beradi. Vagonlar qulay o„rindiqlar, ajratilgan kupelar bilan jihozlangan. Har bir 
kupeda oltitadan yumshoq o„rindiq bor. 7.3-rasmda Registon Elektropoezdining 
komfortabel vagonlari tasvirlangan. 
7.3-rasm. Registon elektropoezdi 
Darhaqiqat, istiqlolimizning 20 yilligi bayrami arafasida yo„lga tushgan 
bunday elektropoyezdlar nainki Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligida yagona, balki 
jahon miqyosida ham barmoq bilan sanarli mamlakatlardagina mavjud. 
Ushbu tarixiy voqea yurtimiz iqtisodiy salohiyatining o„ziga xos namoyishi 
bo„lishi bilan birga, odamlarimizning ma‟naviy-madaniy hayotida, ularning turli 
xizmatlarga, jumladan, transport xizmatiga bo„lgan munosabati, talabida katta 
o„zgarishlar ro„y berayotganini ham ko„rsatadi (7.4-rasm). 
7.4-rasm. “Afrosiyob” elektropoyezdi 


54
Vagon konstruktsiyasi yoritilganligi, ergonomikasi, mikroiqlimi, shovqini va 
vibratsiyasi bo„yicha sanitar me‟yor talablariga, yong‟in xavfsizligi talablariga 
to„liq javob beradi. Konstruktsiya germetikligi va silliqligining ortishi bir xil 
turdagi vagonlar sostavida yuqori tezlikda harakatlanishda havo qarshiligining 
kamayishini ta‟minlaydi. Yon devorlari va pol zanglamas po„lat listidan yasalgan 
bo„lib, bu kuzov tarasining massasini kamaytirish va ta‟mirlash-tiklash ishlarisiz 
xizmat muddatini oshirish imkonini beradi. Turbokompressorli (2400aylana/min) 
havoni sovutish qurilmasi mikroprotsessorli qurilma yordamida yilning issiq 
davrida havo haroratini +24 
o
C atrofida avtomat tarzda boshqarish imkonini beradi. 
Derazalarning yangi konstruktsiyasi, yangi issiqlik izolyatsiyasining qo„llanishi 
tovush yutilishini yanada yuqoriroq darajasini ta‟minlaydi va issiqlik o„tkazish 
koeffitsientini kamaytirish imkonini beradi, bu esa o„z navbatida elektroenergiyani 
tejash va komfortabellikni oshirshni ko„zda tutadi. Buzilmasdan ishlaydigan, 
ekologik toza berk tualet tizimlari ulardan harakatlanish vaqtida va bekatda turgan 
vaqtda foydalanish imkonini beradi. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin