Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
5fca3a27369a7

Tayanch so„zlari: 
harakat tarkibi, yo„l tuzilishi, yuk qurilmasi, yuk 
stantsiyalari, blokirovka, signal, texnik jixozlar, quvib o„tish yo„llari. 
1. Temir yo„llarning rivojlanish istiqbollari. 
Dunyoda birinchi bo„lib metal 
relslar 1764 yili rus gidrotexnigi K.D. Frolov tomonidan Oltoydagi qazilma 
konlarida rudani tashishda qo„llanilgan. Temir yo„l tarixiga nazar tashlasak, 
O„zbekiston hududida temir yo„llarning rivojlanish tarixi 1874 yildan boshlanib, u 
vaqtda maxsus komissiya temir yo„lning Orenburg-Toshkent tarmog‟ini qurish 
zarurligini tan oldi. Biroq keyinchalik qaror o„zgartirildi – birinchi po„lat 
magistral Toshkentni Kaspiy dengizining sharq qirg‟og‟i bilan birlashtirishi kerak 
edi. O„tgan asr oxirida Toshkentdan Orenburggacha yo„l qurish masalasi 
ko„ndalang bo„lib turdi, uning qurilishi 1900 yilning kuzida bir vaqtda 
Toshkentdan va Orenburgdan boshlandi. 1906 yilning yanvar oyida Toshkent-
Orenburg yo„li ishga tushdi va O„rta Osiyo uchun Markaziy Rossiyaga to„g‟ridan-
to„g‟ri yo„l ochib berdi. II-jahon urushi yillarida, Kavkazni mamlakat markazi 
bilan aloqasini ta‟minlagan holda, yo„l alohida ahamiyatga ega bo„ldi. Yo„lning 
kengaytirish borasida choralar ko„rildi. Qisqa muddat ichida joylarda 
etishmaydigan material va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish uchun to„qqizta 
cho„yan quyish va uchta po„lat quyish ŝexi qurildi. Urush yillarida Toshkent-
Angren yo„li qurildi. Urushdan keyingi yillarda O„zbekiston temir yo„lchilari 
mamlakat xo„jaligini tiklashda faol ishtirok etishdi. 1970 yilda uzunligi 1025 
kilometr bo„lgan Chardjoy-Qo„ngirod- Beynau temir yo„l tarmog‟ining qurilishi 
muhim voqea bo„lib, u 1972 yilda ishga tushirildi va mamlakatning Evropa 
qismiga ikkinchi muhim yo„lni ochib berdi.
 
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach, hamma sohalardagi kabi 
temir yo„llar sohasida ham rivojlanish bosqichiga o„tdi. Respublikada transport 
koridorlarini yaratish siyosati olib borila boshlandi. 
“O„zbekiston temir yo„llari” Davlat Aktsiyadorlik Temir Yo„l Kompaniyasi 
1994 yil 7 noyabrda O„zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sobiq O„rta 
Osiyo temir yo„llari negizida tashkil etildi. 


49
“O„zbekiston temir yo„llari” DATYK 1993 yildan boshlab temir yo„llar 
hamdo„stligi Tashkilotiga (OSJD) a‟zo. Kompaniya xalqaro temir yo„llar 
uyushmasi (MSJD) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy 
komissiyasi (ESKATO) bilan yaqindan aloqa o„rnatgan. DATYK Evropa Ittifoqi 
Komissiyasining TASIS dasturining TRASEKA (Evropa-Kavkaz-Osiyo transport 
koridori) loyihasi bo„yicha qo„shma ish olib bormoqda. 
Kompaniyaning asosiy yo„llarinig umumiy uzunligi bugungi kunda 3645 
kilomterni tashkil etadi. Kompaniyada 54,7 mingdan ziyod kishi ishlaydi. 
Kompaniyaning yillik yuk aylanmasi barcha turdagi transport yuk aylanmasining 
90% ga yaqinini tashkil etadi. Hozirgi kunda kompaniya strukturasi tubdan isloh 
qilinmoqda. Asosiy e‟tibor alohida sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga qaratilmoqda. 
Respublikamizni qo„shni davlatlar bilan bog‟laydigan temir yo„llar qaytadan 
ta‟mirlandi va sifat jihatdan o„zgartirildi. Respublika ichkarisida temir yo„llarning 
yangi yo„nalishlari loyihalana boshlandi. Keyingi yillarda “Navoiy-Zarafshon-
Uchquduq-Urgench-Nukus” va “Qarshi-G‟uzor-Qumqurg‟on” yo„nalishlarida 
yangi temir yo„llar qurilishi tugallanib foydalanishga topshirildi. Amudaryo 
ustidan ulkan temir va avtomobil yo„li ko„prigi qurib ishga tushirildi. 
Temir yo„llar sohasida bir qator islohatlar amalga oshirildi. Temir yo„llar 
parki jahon standartlariga mos qilib modernizatsiya qilindi. Bir qator zamonaviy 
talablarga mos keladigan lakomativlar olib kelindi va ishga tushirildi. 
Turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Qarshi 
shaharlariga yangi yo„nalish reyslari ochildi. Bularga misol qilib “Afrosiyob”, 
“Registon”, “Sharq” va “Nasaf” poezd yo„nalishlarini olishimiz mumkin. 
Mustaqilligimiz 20 yilligiga munosib tuyyona sifatida 2011 yil sentyabr oyida 
Ispaniyaning “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan 
hamkorlikda “Afrosiyob” tez yurar (tezligi 250 km/soat) lakomativi olib kelinib 
“Toshkent-Samarqand” poezdi yo„nalishi ishga tushirildi. Buning uchun 
temiryo„lchilar tomonidan Guliston-Jizzax shaharlari orasida yangi temir yo„l izlari 
yotqizilib ishga tushirildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 iyundagi “Angren-Pop 
elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari 
to„g„risida” gi qarori asosida bunyod etilayotgan mazkur elektrlashtirilgan temir 
yo„l liniyasi eng avvalo mamlakatda yagona milliy temir yo„l tarmog„i yaratish 
imkonini beradi. 
Ushbu temir yo„lning uzunligi 123,1 km ni tashkil etadi, ushbu hududda 43 
million kub metir tuproq ishlari hamda 16,3 million kub metr burg„ulash-portlatish 
ishlari to„liq amalga oshirildi. 


50
Loyiha asosida 285 ta sun‟iy inshoot va suv o„tkazish quvurlari, umumiy 
uzunligi 2,1 km ni tashkil etuvch 13 ta temir yo„l ko„prigi, 6 ta yo„l o„tkazgich, 4 ta 
temir yo„l stansiyasi, 4 ta razyezdi va 2 ta vokzal qurib bitkazildi hamda 19,1 km 
uzunlikdagi tunnel qazildi. 
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo„l liniyasi qurilishini loyihasi 
murakkbligi bo„yicha dunyo miqyosida birinchi 8 talikdan, loyiha doirasida 
qurilayotgan tunnel uzunligi bo„yicha birinchi 13 talikda joy olgan. 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin