55
7.5-rasm. Quvib o‟tish yo‟llari
4. Temir yo„lidagi qurilmalar.
Uchastka
stantsiyasi asosan tranzit
poezdlarga ishlov berish uchun mo„ljallangan. Bu erda vagonlarga texnik xizmat
ko„rsatiladi, lakomotivlar brigadalari almashadi. Bu stantsiyalarda izlar soni 10-20
taga etadi. Bu erda lakomotiv depolari, yo„lovchi va yuk xo„jaligi
inshootlari,
signallashtirish va aloqa qurilmalari bo„ladi. Saralash stantsiyalariga, poezdlarni
ommaviy tuzish va bo„lib yuborishga mo„ljallangan stantsiyalar kiradi.
Saralash
stantsiyalari ommaviy yuk oqimi qayta ishlanadigan punktlariga, ya‟ni yirik sanoat
markazlariga, katta dengiz va daryo portlariga, yirik temir yo„l tugunlariga
kiraverishda joylashadi. Saralash stantsiyalarida
odatda lakomativ va vagon
depolari, yo„lga xizmat ko„rsatish, signallashtirish va aloqa korxonalari joylashadi.
Yuk stantsiyalari asosan yuk va kommertsiya operatsiyalarini bajarishga
mo„ljallangan, masalan yuklarni ortish va tushirish. Yuk stantsiyalari yuk
hovlilarida yoki sanoat korxonalarining kirish yo„l shaxobchalarida joylashtiriladi.
Yo„lovchi stantsiyalari yirik shaharlarda yo„lovchilarga xizmat ko„rsatish va
yo„lovchi tarkiblariga ishlov berish uchun quriladi.
Bu stantsiyalar katta iz
tarmoqlariga, maxsus vokzal, lakomotiv va vagon deposiga, signallashtirish va
aloqa qurilmalariga ega bo„ladi.
Harakat xavfsizligini ta‟minlash va boshqarish
vositalaridan foydalanish
ishlarini boshqarish, avtomatika va aloqa komplekslari qurilmalarini o„z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: