Elash jarayonining asoslari. Elashning turlari va qo‘llanilishi


Yassi tebranuvchi elaklar



Yüklə 48,01 Kb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü48,01 Kb.
#195448
1   2   3   4   5
1es met

Yassi tebranuvchi elaklar

Uzatish mexanizmi, qutisi va ramasi orasida qattiq bo‘lmagan kinematik bog‘lanishli tezyurar tebranuvchi elaklar asosan boyitish mahsulotlarini suvsizlantirishda ishlatiladi.


BKGO-M2A markali elak (4-rasm) ikkita ketma-ket gorizontal joylashgan qutidan iborat bo‘lib, qiya holdagi sharnirli tayanchga tayanadi (har qaysi qutiga 4 tadan). Ekssentrik uzatma val va tayanchlar bir-biri bilan sharnirli bog‘langan. Val tasmali uzatma orqali elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Val rama bilan 2 ta amortizatsion prujinalar orqali bog‘langan.

4-rasm. Yassi tebranuvchi elaklar.
Harakat ikki juft shatunlar yordamida valdan qutichalarga uzatiladi. Kutilarning harakatlanuvchi massasini muvozanatlashtirish uchun ekssentrisitetlar bir-biridan 1800ga siljitilgan.
Elak quyidagi texnik xarakteristikalarga ega: qutining 1 minutdagi
tebranishlari soni 400-450; tebranish amplitudasi 14-26 mm; 2 ta to‘rning maydoni 7,5 m; ko‘mirli konsentratni suvsizlantirishdagi ishlab chiqarish unumdorligi 20-25 t/soat, ko‘mirli shlamlar uchun 12-13 soat.

Yarim vibratsion elaklar




5-rasm. Yarim vibratsion elaklar
1-rama; 2-tayanch; 3-quti; 4-ressor; 5-osilgich; 6-disk; 7-kontur yuk; 8-val;
9-to‘rlar; 10-ko‘zg‘aluvchi podshipniklar; 11-tub podshipniklar;12-shkif; 13-elektrodvigatel.

Yarim vibratsion elaklar to‘r o‘rnatilgan qutini ekssentrik val yordamida vertikal tekislikda aylanma harakatlanishi bilan xarakterlanadi.


Qo‘zg‘almas ramaga podshipniklarda gorizontal holda ekssentrik val o‘rnatilgan. Elak qutisiga tebranuvchi podshipnik mahkamlangan. Quti unga tortilgan to‘r (2 ta yoki 3 ta ham bo‘lishi mumkin) bilan gorizontga nisbatan 20-300 burchak ostida o‘rnatiladi va shunday holatda amortizatorlar yordamida ushlab turiladi.
Valga harakat ramaga o‘rnatilgan elektrodvigateldan uzatma va shkiv orqali beriladi. Elak qutisi vertikal tekislikda kichik radiusli aylanma harakat qiladi.
Qutining tebranishlar amplitudasi va harakat traektoriyasi faqat o‘rta qismi uchungina doimiydir. Qutining elliptik traektoriya bo‘yicha harakatlanuvchi chetki qismlari o‘rta qismining tebranish amplitudasiga nisbatan erkinroq tebranish va amplitudaga ega. Quti chetlarining harakatlanish xarakteri amortizatorlarning qattiqligi bilan aniqlanadi.

Yüklə 48,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin