Eldorbek uchun mavzu: Valyuta operatsiyalari hisobi Re’ja: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari


xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek berishi shart



Yüklə 24,15 Kb.
səhifə4/9
tarix23.06.2023
ölçüsü24,15 Kb.
#134587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Eldorbek uchun mavzu Valyuta operatsiyalari hisob

. xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek berishi shart.
0‘zbekiston Respublikasida faqat 0‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat- kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday apparat “0‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalangan organ tomonidan sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan o‘tkazish kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday - yangi yoki ishlatilgan - NKMni qo‘llashni boshlashdan avval uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish kerak. KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro‘yxatdan o‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shoxobchasi jihozlanishi kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKMning fiskal xotirasiga kirishni kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi uchun shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak) albatta toidirishi shart.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1) bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini
amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi

Yüklə 24,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin