Electronics workbench dasturi, Mantiqiy elementlar



Yüklə 428,5 Kb.
səhifə2/6
tarix07.04.2023
ölçüsü428,5 Kb.
#94493
1   2   3   4   5   6
1- laborotoriya

Bazaviy komponentlar.
Birlashtiruvchi tugun-o’tkazgichlarni ulash va nazorat nuqtalarini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Sxema yig’ib bo’lingach o’lchov asboblarini ulash uchun qo’shimcha tugunlar joylashtirish mumkin.


Yerga ulash komponenti nol kuchlanish vazifasini va istalgan nuqta bilan potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif mavjud bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
Manbalar.
Electronics Workbench dasturining barcha manbalari ideal manbalar hisoblanadi. Ideal manbalarning ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ularning kuchlanishi iste’molchi qarshiligiga bog’liq emas.




O’zgarmas kuchlanish manbasi yoki batareya EYUKsi Voltlarda o’lchanadi va mkV lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
 Electronics Workbench manbalari ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ikkita batareyani parallel o’lash zarur bo’lsa ularga ketma-ket qilib kichikroq qarshilik (masalan 1 Om ) o’lash zarur.




O’zgarmas tok manbasi (direct current) Amperlarda o’lchanadi va mkA lardan kA largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.




O’zgaruvchan kuchlanish manbasi. Manba kuchlanishining ta’sir etuvchi qiymati Voltlarda o’lchanadi va mkV lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ch fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.




O’zgaruvchan tok manbasi. Manba tokining ta’sir etuvchi qiymati Amperlarda o’lchanadi va mkA lardan kA largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ich fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.



Yüklə 428,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin