Elektr bo’limiga doir laboratoriya darslarini elektron dasturlardan foydalanib o’qitish metodikasi mardonova Gulnoza


Keywords: physics, electricity, laboratory, computer technology, electronic textbook,  demonstration.    Kirish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#106508
1   2   3
elektr-bo-limiga-doir-laboratoriya-darslarini-elektron-dasturlardan-foydalanib-o-qitish-metodikasi

Keywords: physics, electricity, laboratory, computer technology, electronic textbook, 
demonstration. 
 
Kirish 
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars 
mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan keng foydalanayotgan 
amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik 
jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual tajribalar va taqdimotlar vositasida 
ko‘rgazmali tushuntirishdir. Bunday xil ko‘rinishdagi ishlangan fizika kursiga tegishli elektron 
vositalar ko‘plab mavjud bo‘lib, ushbu virtual laboratoriya ishlari odatdagi laboratoriya ishlari 
kabi ishning maqsadi, kerakli asbob va qurilmalar, ishni bajarish tartibi, nazorat savollariga ega. 
Asosiy qism. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter 
modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi. Kompyuter modellarini 
o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari quyidagilar: 

kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib 
bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim; 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
303 

ish natijasida o‘quvchilar model yordamida hodisalarni xarakterlovchi kattaliklarning 
ham sifatiy, ham miqdoriy bog‘lanishlarini bilishlari kerak; 

dastur bilan ishlash paytida tinglovchilarning vazifasi turli qiyinlikdagi topshiriqlar 
ustida ishlashdan iborat, chunki bu o‘z ustida mustaqil ishlashga imkon beradi. 
Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, unda turli xil 
fizik vosita va asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, 
tajribani oz fursat ichida istalgan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman 
kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa laboratoriya 
mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda 
olib borish o‘qitish jarayonida o‘quvchiga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil 
qilish samaradorligini oshiruvchi omillardan ekanligi aniqlangan. 
Ma’lumki, o‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar 
o‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. 
U nafaqat o‘quvchining nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish 
samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak 
beradi. Biroq, bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi deya olmaymiz. Sababi – 
laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligida hamda ko‘pgina laboratoriya jihozlari va o‘quv 
xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmagan, ularning aksariyati ma’naviy 
eskirib qolgan va bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi. 
Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun 
laboratoriya va jihozlar har bir o‘quv yilida takomillashtirishni talab etadi. Buning uchun esa 
qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir muhim omil shundaki, ba’zi 
laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim 
oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o‘tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma’lum bir sohada 
yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni ko‘p marotaba 
takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya jihozlarining kamligi 
hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog‘liq ashyolarga qo‘shimcha sarflar 
qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi. 
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim yaratish kerak. Buning uchun 
laboratoriya jihozlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha o’quvchilar uchun nafaqat 
qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishmoq lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi, 
barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, 
mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman butun o‘qitish 
samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o‘ziga o‘zi baho berish imkonini 
ta’minlamog‘i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq 
etilishi, fizik asboblar va ulardan laboratoriyalarda foydalanish imkonini beruvchi elektron 
qo’llanmalar yaratish va darslarda ulardan foydalanish yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni maqbul 
tarzda hal qilish va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak 
beradi. 
Virtual laboratoriya – o‘quv amaliy laboratoriya yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, 
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari 
orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
304 
Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‘liq 
vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi. 
Bunda, ayniqsa, zamonaviy fizik asboblar, jihozlar va apparatlarni xarid qilish, ularni 
barcha ta’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog‘liq ulkan moliya zahiralarining tejab qolinishi 
muhimdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lgan oddiy fleshkaga o‘nlab, ba’zan esa, yuzlab 
laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya 
mashg’uloti necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular 
bilan birga ta’lim muassasalarini ta’minlash mumkin. Agar ular Internetga ulangan bo‘lsa, undan 
ham yaxshi bo‘ladi. 
Xulosa. Demak, ta’lim jarayonida virtual ko’rgazmali laboratoriyalardan samarali 
foydalanish ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zahiralarini tejashga imkon 
beradi hamda xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual laboratoriyalar joriy etilishi ta’lim, 
ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin