SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
303
-
ish natijasida o‘quvchilar model yordamida hodisalarni xarakterlovchi kattaliklarning
ham sifatiy, ham miqdoriy bog‘lanishlarini bilishlari kerak;
-
dastur bilan ishlash paytida tinglovchilarning vazifasi turli qiyinlikdagi topshiriqlar
ustida ishlashdan iborat, chunki bu o‘z ustida mustaqil ishlashga imkon beradi.
Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga
xos muhim tomonlari shundaki, unda turli xil
fizik vosita va asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash,
tajribani oz fursat ichida istalgan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman
kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa laboratoriya
mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga
tayangan holda
olib borish o‘qitish jarayonida o‘quvchiga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil
qilish samaradorligini oshiruvchi omillardan ekanligi aniqlangan.
Ma’lumki, o‘qituvchilarning an’anaviy o‘qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar
o‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir.
U nafaqat o‘quvchining nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o‘quv materialini o‘zlashtirish
samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham ko‘mak
beradi. Biroq, bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija beradi deya olmaymiz. Sababi –
laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligida hamda ko‘pgina laboratoriya jihozlari va o‘quv
xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanmagan, ularning aksariyati ma’naviy
eskirib qolgan va bugungi kun talablariga to‘liq javob bermaydi.
Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun
laboratoriya va jihozlar har bir o‘quv yilida takomillashtirishni talab etadi. Buning uchun esa
qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa
yana bir muhim omil shundaki, ba’zi
laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim
oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o‘tkazishga qiynalishadi, holbuki, ma’lum bir sohada
yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni ko‘p marotaba
takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya jihozlarining kamligi
hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va shu bilan bog‘liq ashyolarga qo‘shimcha sarflar
qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim yaratish kerak.
Buning uchun
laboratoriya jihozlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha o’quvchilar uchun nafaqat
qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishmoq lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb eta olishi,
barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi,
mashg‘ulotlar o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishni, umuman butun o‘qitish
samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o‘ziga o‘zi
baho berish imkonini
ta’minlamog‘i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq
etilishi, fizik asboblar va ulardan laboratoriyalarda foydalanish imkonini beruvchi elektron
qo’llanmalar yaratish va darslarda ulardan foydalanish yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni maqbul
tarzda hal qilish va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko‘mak
beradi.
Virtual laboratoriya – o‘quv amaliy laboratoriya yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib,
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari
orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
304
Laboratoriya ishini o‘tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‘liq
vaqtdan yo‘qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi.
Bunda, ayniqsa, zamonaviy fizik asboblar, jihozlar va apparatlarni xarid qilish,
ularni
barcha ta’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog‘liq ulkan moliya zahiralarining tejab qolinishi
muhimdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi bo‘lgan oddiy fleshkaga o‘nlab, ba’zan esa, yuzlab
laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya
mashg’uloti necha marta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular
bilan birga ta’lim muassasalarini ta’minlash mumkin. Agar ular Internetga ulangan bo‘lsa, undan
ham yaxshi bo‘ladi.
Xulosa. Demak, ta’lim jarayonida virtual ko’rgazmali laboratoriyalardan samarali
foydalanish ta’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zahiralarini tejashga imkon
beradi hamda xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual laboratoriyalar joriy etilishi ta’lim,
ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: