Elektr energetikasi



Yüklə 319,3 Kb.
səhifə43/50
tarix13.07.2023
ölçüsü319,3 Kb.
#136473
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Elektr energetikasi-hozir.org

1-Rasm. Ikki chulg’amli uch fazali transformator chulg’amlari qismalarining to’g’ri markalanganligini tekshirish: a – yuqori kuchlanish, b – past kuchlanish.

2-Rasm. Ikkita uch fazali transformatorni ulash guruhlarining bir xilligini tekshirish.
Ikkita uch fazali transformatorning chulg’amini biriktirish guruhlarining bir xilligi bu transformatorlarning bir ismli qismalari orasidagi kuchlanishni o’lchab tekshiriladi (30- rasm). Agar yulduz—nolinchi nuqta chiqarilgan yulduz usulida ulangan ikkita uch fazali transformatorning birlamchi chulg’amlarini tarmoqqa ulab, nolincha nuqtalar esa biriktirib qo’yilganda ularning bir xil ismli qismalari orasidagi kuchlanish nolga, har xil ismli qismalari orasidagi kuchlanishlar esa bir xil va liniya kuchlanishiga teng bo’lganda transformatorlar bitta guruhga tegishli bo’ladi.
Bitta transformatorning barcha faza kuchlanishlari boshqa transformatorning har bir faza kuchlanishiga teng bo’lishi kerak. Agar bunday tenglik bo’lmasa, transformatorlar har xil guruhga tegishli bo’ladi va ularni parallel ishlashga ulash mumkin emas, chunki bunda vujudga keladigan tenglashtiruvchi tok qisqa tutashish tokidan katta, ya’ni nominal tokdan ko’p marta katta bo’ladi.
LABORATORIYa ISHINING NATIJALARINI TAXLIL QILISH.
Laboratoriya ishi natijalarini taxlil qilishda quyidagilarni ko’zda tutish kerak bo’ladi:
1. Transformatorlarning parallel ishlashini ulanish guruxlari nafaqat YuK va PK cho’lg’amlarning ulanish sxemasi bilan balki ularni chiqish klemmalarini markirovka qilish, cho’lg’amlarining o’rash yo’nalishi orqali xam aniqlanadi.
2. Laboratoriya ishida tekshirilgan ulanishning to’rt guruxi asosiylar xisoblanadi va ularning xar biri, yoki YuK tomonidagi, yoki PK tomonidagi cho’lg’amlarning chiqish klemmalarini aylanma qayta markirovka qilish yo’li orqali ikki xil ko’rinishdagi xosilaviy ulanish guruxiga o’zgartirilishi mumkin; bunda xar bir asosiy guruxdan, qanday xosilaviy ulanish guruxlarini olish mumkinligini ko’rsatish kerak bo’ladi.
3. Standartlarda ushbu ishda ko’rib chiqilgan ulanish guruxlarining qaysi birlari ko’zda tutilganligini belgilash kerak bo’ladi.


Yüklə 319,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin