TAJRIBA ISHI № 1 ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ENERGIYA XISOBI VA NAZORATINING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARINI TADKIK ETISH Ishdan maqsad: Uch fazali va bir fazali hisoblagichlar sxemasidagi izlanishlar aktiv va reaktiv elektr energiyasi har xil turidagi yuklamalarda va nazoratli o‘zgartiruvchi uskunalar ko‘rsatkichi orqali hisoblagichlarni ishini tekshirish. (vattmetrlar, ampermetrlar, voltmetrlar, sekundomer).
Nazariy qism. Elektr energiya xisobi. SHahar elektr iste’molchilaridan va sanoat korxonalarining elektr energiya sarfini hisobi, aktiv va reaktiv elektr energiya xisoblagichlar ko‘rsatkichlarining qiymati aniqlanadi. Elektr energiya hisobi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- iqtisodiy hisob maqsadida elektr ta’minlovchi tashkilotdan olingan elektr energiya miqdorini aniqlash;
- har xil korxonalar birliklari zavod ichida sexlararo yoki shahar uy kommunal iste’molchilar tomonidan sarf qilingan elektr energiya hisobini aniqlash;
- aloxida yashash hududida yoki chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarf bo‘layotgan elektr energiyani qiymatini belgilash yoki aniqlash imkoniyatini;
- shahar podstansiyalarida reaktiv elektr energiyani ishlab chiqarish yoki iste’molini nazorat kilish imkoniyatini beradi.
Aktiv va reaktiv energiya xisoblagichlari qo‘llanma asosida o‘rnatiladi. Nazorat o‘lchagichlarini ulash uchun qo‘llaniladigan o‘lchov transformatorlari 0,5 aniqlik sinfiga, zavod ichidagi nazorat o‘lchagichlari esa 1 aniqlik sinfiga ega bo‘lishi kerak. Nazorat hisoblagichlari odatda, podstansiyalarning past kuchlanishli liniyalarga o‘rnatiladi, buerda ularning o‘rnatilishi va ishlatilishi ancha engillashadi.
Aktiv elektr energiyani hisoblash Oddiy simmetriyali, 3 fazali, 3 simli tarmoqlarda aktiv quvvatni o‘lchash 3 fazali 2 elementni aktiv kuvvatni o‘lchovchi o‘lchagich orqali amalga oshiriladi.