1- reaktor xonasi; 2- reaktor; 3- boshqaruvchi sterjenlar; 4, 8- nasoslar 5- bug‘ generatori; 6- bug‘ quvuri; 7- turbina; 9- elektr generatori; 10-kondensator; 11- sovituvchi suv quvurlari; 12- elektr tarmog‘i; 13-sovitish minorasi (gradirnya); 14- suv havzasi.
Reaktorda ajraluvchi issiqlik turbinaning ishchi massasiga bir konturli (2.15,a-rasm), ikki konturli (2.14 va 2.15,b-rasm) va uch konturli sxema bo‘yicha uzatilishi mumkin.
d)
2.15- rasm. Har xil konturli atom elektr stansiyalarining prinsipial ishlash sxemalari:
- bir konturli; b) - ikki konturli; d) - uch konturli; 1- reaktor; 2- ikkilamchi biologik himoya; 3- turbina; 4- elektr generatori; 5- kondensator yoki gazni sovitkich; 6- nasos yoki kompressor;
7- regenerativ issiqlik almashtirgich; 8- sirkulatsiyalovchi nasos;
9- bug‘ generatori; 10- oraliq issiqlik almashtirgich.
34
Har bir kontur yopiq tizim hisoblanadi. Ko‘p konturli sxema radiatsion xavfsizlikni ta’minlaydi va jihozlarga xizmat ko‘rsatish uchun qulaylik yaratadi. Konturlarning soni reaktorning tipi va issiqlik tashuvchining turbinada ishchi massa sifatida foydalanishga yaroqliligini xarakterlovchi xossalariga bog‘liq holda tanlanadi.
AES ikki konturli sxema bo‘yicha ishlaganda reaktorda qizigan issiqlik tashuvchi o‘z issiqligini ishchi massaga bug‘ generatorida beradi. Agar issiqlik tashuvchi sifatida suvdan foydalanilsa, u bug‘ generatorida 15-400C gacha soviydi. Boshqa suyuqlik yoki gaz ko‘rinishidagi issiqlik tashuvchilar bug‘ generatorida ancha katta miqdorga, ba’zan yuzlab graduslarga, soviydi.
Birinchi kontur radioaktiv hisoblanadi va shu sababli, u butunlay biologik himoyaning ichida joylashadi. Ikkinchi konturda ishchi massa – suv va bug‘ hech qayerda birinchi konturning radioaktiv issiqlik tashuvchisi bilan aralashmaydi. Shu sababli u bilan go‘yo odatdagi IESlardagi singari munosabatda bo‘lish mumkin.
Biologik himoya reaktorni atrof-muhitdan izolatsiyalash, ya’ni neytronlar, α, β, γ- nurlanishlar va parchalanish bo‘laklarini reaktordan tashqariga chiqishini oldini olish vazifasini bajaradi. Reaktorning himoyasi ichida hosil bo‘lgan issiqlikni olib ketuvchi suv oquvchi ichki kanallarga ega bo‘lgan katta beton qatlami (bir necha metrgacha qalinlikda) ko‘rinishida quriladi. Bunday beton qatlamning ichidagi kanallardan olib chiqiluvchi issiqlik reaktorda ajralgan energiyaning 3-5%ni tashkil etadi.
Himoya nurlanish darajasini reaktorning ishlab turgan va o‘chirib qo‘yilgan holatlarida ruxsat etilgan dozalardan oshmaydigan darajada chegaralab turishi zarur.
Biologik himoya birinchi navbatda ishchi xodimlar uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Shu sababli barcha nurlanuvchi qurilmalar (birinchi kontur) himoyalovchi qobiqning ichida joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |