Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. Asosiy elektr kattaliklar (zaryad miqddori, elektr maydoni kuchlanganligi, potentsial, tok, kuchlanish, energiya, quvvat) va ularning o’zaro munosabatlari


KULON KUChLАRINING ZАRYADNING ISHORАSI VА ZАRYADLАNGАN JISMLАR ORАSIDАGI MАSOFАGА BOGʼLIQLIGI



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə3/6
tarix15.04.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#98572
1   2   3   4   5   6
Elektr kattaliklar, ulani o‘lchash usullari va asboblari. Asosiy-fayllar.org

KULON KUChLАRINING ZАRYADNING ISHORАSI VА ZАRYADLАNGАN JISMLАR ORАSIDАGI MАSOFАGА BOGʼLIQLIGI



Oʻtkazgichlar odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga yetarli boʻladi. Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.
Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma lampochkalarda ishlatiladan metall – volfram yoki uglerodning olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgichlar sanaladi. Chunki ularning elektronlari siljishga moyil emas.
Elektr toki
Zaryadli zarralarning tartibli oqimi elektr toki deyiladi.
Tok kuchi deb oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida oʻtayotgan zaryad miqdoriga aytiladi. Simning koʻndalang kesim yuzasini tasavvur qiling. Simning yuzasiga yaqin turing va oʻtayotgan zaryad zarralarini sanang. Bir sekund ichida nechta zaryad koʻndalang kesim yuzasidan oʻtganini qayd qiling. Biz musbat zaryad harakatlanayotgan yoʻnalishdagi tok kuchining ishorasini musbat deb belgilaymiz.
Modomiki, tok vaqt birligi ichida koʻndalang kesim yuzidan oʻtayotgan zaryadlar miqdoriga teng ekan, biz uni matematik jihatdan quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
Tok kuchiga oid baʼzi eslatmalar
Metallarda tok kuchini nima tashiydi? Modomiki, elektronlar metallarda erkin harakatlanar ekan, harakatlanayotgan elektronlar metallarda tok kuchi hosil qiladi. Metall atomlardagi musbat yadrolar bir nuqtada turadi va ular tok kuchi hosil qilmaydi. Elektronlar manfiy zaryadga ega boʻlishi va koʻplab elektr zanjirlarda deyarli barcha ishni qilishiga qaramasdan, biz hali ham musbat zaryadlar harakatlanadigan yoʻnalishda oqayotgan tok kuchini musbat deb olamiz.

Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin