Kuchlanish va tok kuchi elektronikaning eng muhim tushunchalari sanaladi. Ushbu darsda biz elektronikanikaning muhim qismlaridan boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz. Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Elektr zaryadi – fizik skalyar kattalik boʼlib, u jismlarni elektromagnit maydonlar manbasi boʼlish qobiliyatini belgilaydi.
Elektr zaryadi 1785 yili frantsuz fizigi Sharli Kulon (1763-1806) tomonidan aniqlangan.
Shisha boʻlagi va shoyi parchasi (birortasi ham elektr xususiyatiga ega boʻlmagan) bir-biriga ishqalansa manfiy va ebonite tayoqchasi jun matoga ishqalansa musbat zaryad hosil bo’lgan.
Zaryadlangan zarrachalar-elektr zaryadga ega boʼlgan zarrachadir, ular elementar va tarkibiy (atomli va molekulyar ionli) boʼlishi mumkin.
Elektr zaryad musbat va manfiy qiymatga ega boʼlishi mumkin, yaʼni u zaryad olib yuruvchilar va zaryadlangan zarrachalarning sonli xarakteristikasidir.
Bu yerda K yoki ke Kulon doimiysi (ke ≈ 8.988×109 N⋅m2⋅C−2), |q1| va |q2| zaryadlarning moduli, skalyar r esa zaryadlar orasidagi masofadir.
Kuch ikki zaryadni tutashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻylab yoʻnaladi. Agar zaryadlar bir xil ishora ega boʻlsa, ular orasidagi elektrostatik kuch itaruvchidir; agar ular turli xil ishoralarga ega boʻlsa, ular orasidagi kuch tortishuvchidir.