Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi.
Oʼtkazuvchanlikning oʼlchov birligi nemis elektrotexnigi E. V. Simens (1816-1892) sharafiga Simens (Sm) da oʼlchanadi.
Elektr o'lchash asboblari: turlari va xususiyatlari Asosiy elektr miqdorlarini o'lchash uchun turli xil asboblar kerak. Ularning ishi asosidagi jismoniy printsipga qarab, ularning barchasi quyidagi guruhlarga bo'linadi:
Elektromexanik qurilmalar, albatta, ularning dizaynida harakatlanuvchi qismga ega. Ushbu o'lchov vositalarining katta guruhiga elektrodinamik, ferrodinamik, magnetoelektrik, elektromagnit, elektrostatik va induksion qurilmalar kiradi. Masalan, juda keng qo'llaniladigan magnetoelektrik printsip voltmetr, ampermetr, ohmmetr, galvanometr kabi qurilmalar uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Elektr hisoblagichlari, chastota o'lchagichlari va boshqalar induksiya printsipiga asoslanadi.
Magnitoelektrik tizimli asboblar. Magnitoelektrik tizimli asboblar magnit maydoni bilan tokli o‘tkazgichning o‘zaro ta’sirlashuvi asosida ishlaydi. Ular asosan magnit zanjirini tashkil etuvchi qism va qo‘zg‘aluvchan g‘altakdan iborat. Magnit zanjir (1.23- rasm) 1 doimiy magnitdan iborat. Uning qutblari oraligiga sim cho‘lg‘amli 2 ramka o‘rnatilgan. Ramka uchlari qarama-qarshi yo‘nalishdagi spirallar bilan erkin aylanish imkoniga ega bo‘lgan o‘qqa o‘rnatilgan. O‘qning bir uchiga strelka 3 o‘rnatilgan. Ramka cho‘lg‘amiga tok spirallar yordamida keltiriladi.
Magnitoelektrik tizimli asboblar faqat o‘zgarmas tok zanjiridagi tok va kuchlanishni o‘lchash uchun ishlatiladi. Ular yuqori aniqligi, sezgirligi, shkalasi bir tekisligi, energiya kam iste’mol qilishi (10-3 -10-5 Vt), qo‘zg‘aluvchi sistema tezda tinchlanishi va tashqi magnit maydonlarga sezgirligi kamligi sababli, ular voltmetr, milliampermetr, mikroampermetr sifatida, shuningdek universial ishlash asboblarida keng qo‘llaniladi.
Elektromagnit tizimli asboblar. Elektromagnit tizimli asboblarning ishlash prinsipi g‘altak orqali tok o‘tganda uning magnit maydoni ta’sirida ferromagnit o‘zakning harakatlanishiga asoslangan. G‘altak cho‘lg‘amidan tok o‘tganda magnit maydoni hosil bo‘lib, po‘lat o‘zak uning ichiga tortiladi. Cho‘lg‘amdagi tok kuchiga qarab o‘zak g‘altak ichiga oz yoki ko‘p tortiladi va asbobning shkalasidagi qiymatni ko‘rsatuvchi strelka mahkamlangan o‘qni ma’lum burchakka buradi.
Elektromagnit tizimli asboblar quyidagi afzalliklarga ega:
qo‘zg‘aluvchan qismning burilish yo‘nalishi tokning yo‘nalishiga bog‘liq emas. Shu sababli bunday asboblar doimiy va o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatilishi mumkin. Ular tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatini o‘lchaydi.
b) Tuzilishi sodda, arzon.
Kamchiliklari: shkalasi notekis, tashqi magnit maydon ta’siriga sezgir, katta quvvat iste’mol qiladi.
Elektrodinamik tizimli asboblar. Elektrodinamik tizimli asboblarning ishlashi tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sirlashuviga asoslangan. Ular bir-biriga kirgizilgan qo‘zg‘aluvchan ichki va qo‘zg‘almas tashqi g‘altaklardan iborat. Qo‘zg‘aluvchan g‘altak o‘qka joylashtirilgan bo‘lib o‘qning uchiga strelka va tok o‘tkazuvchi hamda aks ta’sir etuvchi moment hosil qiladigan prujina mahkamlangan. G‘altak uchlari elektr zanjirga ulanganda ulardan o‘tgan toklar hosil qilgan magnit maydonlari elektrodinamik kuchlarni vujudga keltiradi.
Elektrodinamik asboblarning afzalliklari:
a) O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirida ishlay oladi;
b) Kuchlanish, tok kuchi va quvvatni o‘lchash mumkin;
v) Aniqligi yuqori aniqlikga ega;
g) Vattmetrlarda shkalasi bir tekis.
Kamchiliklariga katta quvvat isrof qilishi, tashqi magnit maydoniga sezgirligi va qimmatligi kiradi.
http://fayllar.org