Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari



Yüklə 478,92 Kb.
səhifə14/20
tarix05.12.2023
ölçüsü478,92 Kb.
#174075
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
8 (3)

Shifrator
Shifrator (ko‘pincha dekoder deb ham ataladi) – o‘nlik sonlarni ikkilik sanoq tizimiga o‘zgartiradigan qurilmadir. Aytaylik, shifratorda o‘nlik sonlar (0, 1, 2, 3, ..., m–1) bilan raqamlangan m ta kirish va n ta chiqish bo‘lsin. Kirishlardan biriga signalning kelishi chiqishlarda tegishli uyg‘otilgan kirishning tartib raqamiga mos n xonali ikkilik sonning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ma’lumki, katta m sondagi kirishlarga ega bo‘lgan shifratorlarni yaratish texnik jihatdan qiyin, shuning uchun ular uncha kattamas o‘nlik sonlarni ikkilik sanoq tizimiga o‘tkazish uchun foy­dalaniladi. Katta o‘nlik sonlarni o‘zgartirish uchun maxsus usul­lardan foydalaniladi. Shifratorlar ko‘pincha klaviatura bilan ta’min­lanib, uning har bir klavishi shif­ra­torning ma’lum kirishi bilan bog‘­langan va uning chiqishida klavishda yozilgan simvolga mos ikkilik son qayta tiklanadi.
4.23-rasmda o‘nlik sanoqning birinchi o‘nta raqami 0, 1, ..., 9 ni ikkilik ifodalashga o‘tkazuvchi shifratorning shartli tasviri ko‘r­sa­tilgan. Shifratorning belgila­ni­shidagi CD simvoli inglizcha CODER so‘ziga kirgan harflardan tuzilgan. Sxemaning chap to­monida tegishli o‘nlik sonlar bilan belgilangan o‘nta kirish ko‘rsatilgan. O‘ng tomonda shifratorning chiqishlari tasvirlangan: 1, 2, 4, 8 raqamlari bilan ayrim chiqishlarga mos ikkilik xonalarning vazniy koeffitsiyentlari ifodalangan.

4.23-rasm. Shifratorning shartli tasviri.
Deshifrator
Deshifrator (dekoder deb ham ataladi) ikkilik sonlarni qiymati bo‘yicha nisbatan katta bo‘lmagan o‘nlik sonlarga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Deshifratorning kirishlari ikkilik sonlarni uzatish uchun xizmat qiladi, chiqishlari ketma-ket o‘nlik sonlar bilan raqamlanadi. Deshifratorlar raqamli o‘lchash texnika­sida keng qo‘llaniladi. Xususan, ular raqamli sxemadan chiqari­ladigan matn yoki sonlarni qog‘ozga chop etuvchi qurilma­larda qo‘llaniladi. Bunday qurilmalarda ikkilik son deshifratorning tegishli kirishiga kelib, uning ma’lum chiqishida signalning paydo bo‘lishiga olib keladi.
4.24-rasmda misol sifatida deshifratorning eng sodda tuzilish sxemalaridan biri keltirilgan. DC simvoli inglizcha DECODER so‘zining hafrlaridan olingan.

4.24-rasm. Deshifratorning shartli tasviri.
Sxemaning chap tomonida deshifratorning kirishlari ifodalangan: 1, 2, 4, 8 raqamlari bilan ikkilik xonalarning vazniy koeffitsiyentlari belgilangan. O‘ng tomonda o‘nta chiqish ko‘rsatilgan va ular kiruv­chi ikkilik sonning ayrim kombinatsiyalariga mos o‘nlik sonlar bilan raqamlangan.

Yüklə 478,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin