Тriggerlar Тrigger yoki bistabil (ikki stabil) yarimo‘tkazgichli yacheyka – ikkita turg‘un holatga ega bo‘lgan kirish signallarining ta’sirida bir holatidan boshqa holatiga sakrab o‘tadigan qurilmadir. Тrigger holatlarining almashinining nomi bir qator sinonimlarga ega: tashlash, qayta ulanish.
Тriggerning asosiy vazifasi – raqamli axborotni xotirlab qolish (saqlashdir). Bir holatni 1 uchun, ikkinchi holatni esa 0 uchun qabul qilib, trigger sonning xonasini ikkilik kodda saqlaydi deb hisoblanadi. Raqamli axborotning bunday sxemada saqlanishi, triggerga boshqaruv signallari kelmagunicha yoki undan ta’minot kuchlanishi uzilmagunicha, har qancha uzoq davom etishi mumkin.
Integral triggerlar tuzilishi jihatidan triggerning o‘zidan va uning kirishlarini boshqarish sxemalaridan (kirish mantig‘i) iborat. Kirish mantig‘ining tuzilish prinsipiga bog‘liq ravishda turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan triggerlarni hosil qilinadi: RS, D, T, JK va boshqa triggerlar.
Boshqarish usuli bo‘yicha triggerlar asinxron va sinxron (taktlanadigan) triggerlarga bo‘linadi. Asinxron triggerlarning uzib-ulanishi kirish signalining axborotli kirishga kelishi bilan ro‘y beradi. Sixnron triggerlar qo‘shimcha takt kirish C ga ega (C – clock – vaqtni qayd qilish).
Bir taktli (belgilanishi T) va ikki taktli (belgilanishi TT) yoki ikki bosqichli triggerlarni farqlanadi. Bir taktli triggerlar takt impulsning oldfronti bo‘yicha, ikki taktli triggerlar esa uning orqa fronti bo‘yicha uzib-ulanadi. Тriggerlar ikkita uzib-ulanishga ega: to‘g‘ri Q va invers («ku emas» yoki «ku chiziq ostida» deb o‘qiladi). Тrigger Q=1 bo‘lganda bir holatda, Q=0, =1 bo‘lganda nol holatda bo‘ladi.
RS-trigger. 4.18-rasmda YOKI-EMAS mantiqiy elementlarda bajarilgan RS-triggerning mantiqiy sxemasi, shartli belgilanishi va rostlik jadvali ko‘rsatilgan.
4.18-rasm. Trigger. To’g’ri kirishli RS-trigger:
a) shartli belgilanishi; b) diodli ijrosi; d) rostlik jadvali
Тrigger bir holatga o‘rnatiladigan kirish S deb ataladi (inglizcha set – o‘rnatish), nol holatga o‘rnatiladigan kirish esa kirish R deb ataladi (reset – tashlab yuborish). Agar S=1, R=0 bo‘lsa, trigger bir holatga, S=0, R=1 da esa nol holatga o‘tadi. Kirishlarda mantiqiy nollar o‘rnatilganda (S=0, R=0) trigger oldingi holatini saqlaydi. Bunday kirish signallari kombinatsiyasi neytral holat yoki xotira deb ataladi.
Agar kirishlarga bir vaqtda bir signallar kelsa (S=1, R=1), u holda ikkala chiqishda mantiqiy nollar Q=0, =0 paydo bo‘ladi va trigger o‘z xossalarini yo‘qotadi, chunki ichki faktorlar ta’siri ostida u teng ehtimollik bilan bir holatga ham, nol holatga ham o‘tishi mumkin. Bunday kirish signallari kombinatsiyasi trigger uchun ta’qiqlangan bo‘ladi.
YOKI-EMAS elementlardan tuzilgan va bir signallar bilan uzib-ulanadigan RS-trigger to‘g‘ri kirishli trigger deb ataladi.
VA-EMAS bazaviy elementlarda yig‘ilgan RS-trigger invers kirishli trigger deb ataladi. VA-EMAS mantiqiy elementlarida yig‘ilgan RS-trigger to‘g‘ri kirishli trigger ishlab chiqaradigan signallarni yaratish uchun uning kirishlariga invers signallar berilishi lozim.
D trigger ikkita kirishga ega: axborot kirish D (delay – ushlab turish) va taktli kirish C (4.19-rasm).
4.19-rasm. D-trigger.
Unda axborotning yozilishi kirish C ga faqat takt impulslar kelganidagina o‘tkaziladi (C=1). Bu holda chiqish signali Q kirish D ni takrorlaydi: agar D=T bo‘lsa, Q=1 va agar D=0 bo‘lsa, Q=0.
T-trigger yoki sanoq triggeri faqat bitta axborot kirishi Т ga ega (4.20-a rasm) va uning uzib-ulanishi navbatdagi kirish impulsi kelgan onda ro‘y beradi. Т-trigger chiqish impulslarining takrorlanish davri kirish impulslarining takrorlanish davridan ikki marta katta (4.20-b rasm). Chiqish impulslarining kelish chastotasi bu holda ikki marta kamayganligi uchun Т-triggerlar chastota bo‘lgichlarda keng ishlatiladi.
4.20-rasm. T-trigger:
a) belgilanishi; b) vaqt diagrammalari.
JK-trigger ikkita axborot kirishi J (jump – ko‘chirish), K (keep – saqlash) va takt kirishi C ga ega (4.21-a rasm). Agar signal C=1 bo‘lsa, u holda JK-trigger to‘g‘ri kirishli RS-trigger kabi ishlaydi, bunda kirish J triggerni 1 holatga, kirish K esa 0 holatga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Signallar kombinatsiyasi J=K=1 endi JK-triggerlar uchun ta’qiqlangan emas, bu holda uning ag‘darilishi ro‘y beradi. Bu triggerning rostlik jadvali 4.21-b rasmda keltirilgan.
4.21-rasm. JK-trigger:
a) belgilanishi; b) rostlik jadvali.
JK-triggerda qo‘shimcha ikkita invers kirish va bo‘lib, uni 1 yoki 0 holatga majburiy o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bunda J, K va C kirishlarning holatlari mutlaqo ixtio‘riy bo‘lishi mumkin. Agar majburiy kirishlar va ning ta’sirini chiqarish lozim bo‘lsa, u holda ularga mantiqiy 1 ni beriladi, ya’ni tokni chegaralovchi rezistorlarni mikrosxemaning ta’minot manbasiga ulanadi.