Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari



Yüklə 478,92 Kb.
səhifə2/20
tarix05.12.2023
ölçüsü478,92 Kb.
#174075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
8 (3)

Xalaqitlarning tasnifi
Odatda, o’lchash signallari o’lchash vositalarida kamdan-kam sof ko’rinishda ta’sir qiladi – ularga xalaqitlar qo’shiladi. Xalaqit deb o’lchash signali bilan bir jinsli va u bilan bir vaqtda ta’sir qiladigan elektr tebranish tushuniladi. Uning mavjudligi o’lchash xatoligining paydo bo’lishiga olib keladi. Xalaqitlar bir qator belgilar xatoligining paydo bo’lishiga olib keladi. Xalaqitlar bir qator belgilar bo’yicha tasniflanadi.
O’lchash sxemasida paydo bo’lish joyi bo’yicha xalaqitlar tashqi va ichki xalaqitlarga bo’linadi.
Tashqi xalaqitlarning paydo bo’lish sababi tabiat jarayonlari va turli texnik tizimlarning ishlashidan iborat bo’ladi. Turli texnik tizimlar turli elektrotexnik qurilmalarning elektr zanjirlarida tokning keskin o’zgarishlari tufayli yuzaga keladigan va sanoat xalaqitlari deb ataladigan xalaqitlarni yaratadi. Bularga elektr transporti, elektr dvigatellar, tibbiyot qurilmalari, ichki yonuv dvigatellarining o’t oldirish tizimi va shu kabilardan keladigan xalaqitlar taalluqlidir.
Ichki xalaqitlar o’lchash qurilmasining o’zi ishlayotganida ro’y beradigan jarayonlar bilan bog’liqdir. Amalda istalgan chastotalar diapazonida radiotexnik qurilmalarning apparaturadagi kuchaytirish asboblari, rezistorlar va boshqa elementlarda zaryad eltuvchilarning xaotik harakati bilan bog’liq ichki shovqinlari bo’ladi.
O’lchash signali va shovqinning ikki birikmasi bo’lishi mumkin. Agar o’lchash signali shovqin bilan qo’shilsa, u holda additiv xalaqit bo’ladi. O’lchash signali va shovqin o’zaro kuchaytirilganda multiplikativ xalaqit paydo bo’ladi.
Additiv xalaqitlarni asosiy xossalari bo’yicha uch sinfga ajratish mumkin: spektr bo’yicha g’ujlangan (tor polosali xalaqitlar), impulsli xalaqitlar (vaqt bo’yicha g’ujlangan) va vaqt bo’yicha ham, spektr bo’yicha ham chegaralanmagan fluktuatsion xalaqitlar.
Chastotalar spektrining turi bo’yicha xalaqitlar, shuningdek, oq va nostatsionar shovqinlarga bo’linadi. Oq shovqinning spektral tashkil etuvchilari butun chastotalar diapazoni bo’yicha tekis taqsimlangan bo’ladi. Nostatsionar shovqin notekis taqsimotga ega.
Spektri bo’yicha g’ujlangan xalaqitlar deb, quvvatining asosiy qismi chastotalar diapazonining radiotexnik tizim o’tkazish polosasidan kichik bo’lgan ayrim uchastkalarida joylashgan xalaqitlarga aytiladi.
Impulsli xalaqitlar deb foydali signal bilan bir jinsli bo’lgan impulsli signallarning regulyar yoki xaotik ketma-ketligiga aytiladi. Bunday xalaqitlarning manbalari radiotexnik zanjirlarning yoki u bilan yonma-yon ishlayotgan qurilmaning raqamli va kommutatsiyalovchi (ulab-uzuvchi) elementlari bo’ladi. Impulsli va g’ujlangan xalaqitlar radiotexnikada ko’pincha ta’sir ko’rsatuvchi (navodkalar) deb ataladi.
Fluktuatsion xalaqit (shovqin) normal taqsimotli tasodifiy jarayondan iborat. Bu xalaqit turi barcha real o’lchash kanallarida bo’ladi va ular ko’pincha shovqinlar deb ataladi.
Elektr xalaqitlarning katta qismini ekranlash, asboblarni yerga ulash, maxsus filtrlash usullarini qo’llash bilan bartaraf etish mumkin.

Yüklə 478,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin