Chastotaviy modulyatsiyalangan signallar. Chastotaviy modulyatsiyalashda eltuvchi chastota ω(t) modulyatsiyalovchi signal e(t) bilan quyidagicha bog’langan
, (4.28)
bu yerda kch – o’lchamsiz proportsionallik koeffitsienti.
Modulyatsiyalovchi signal garmonik tebranish e(t)=E0CosΩt bo’ladigan bir tonalli chastotaviy modulyatsiyani ko’rib chiqamiz, φ0 = 0 bo’lsin.
ChM-signalning t vaqtning istalgan momentdagi to’la fazasini (4.28) formula orqali ifodalangan chastotani integrallash yo’li bilan aniqlaymiz:
(4.29)
bu yerda – chastotaviy modulyatsiyalashda chastotaning ω0 qiymatdan maksimal og’ishi yoki chastota deviatsiyasi.
Eltuvchi tebranish fazasining deviatsiyasidan iborat bo’lgan mch=ωchd/Ω=kchE0/Ω ni chastotaviy modulyatsiya koeffitsienti deb ataladi.
Bu ifodani va (4.29)ni hisobga olinsa, ChM-signal quyidagicha yoziladi:
(4.30)
4.10-rasmda mos ravishda eltuvchi tebranishlar Uelt(t), modulyatsiyalovchi signal e(t) va chastotaviy modulyatsiyalash jarayonida hosil qilingan ChM-signal Uchm(t) grafiklari tasvirlangan.
Fazaviy modulyatsiyalash. Bir tonalli modulyatsiyalashda eltuvchi tebranish fazasi:
(4.31)
bu yerda kf – proportsionallik koeffitsienti; mf=kfE0 – fazaviy modulyatsiyalash indeksi.
(4.31) formulani (4.23) formulaga qo’yib FM-signalni quyidagicha yozamiz:
(4.32)
Bir tonalli modulyatsiyalashda ChM-signal va FM-signal juda o’xshashligini payqash qiyin emas.