Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari



Yüklə 478,92 Kb.
səhifə8/20
tarix05.12.2023
ölçüsü478,92 Kb.
#174075
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
8 (3)

Impulsli-kodli modulatsiyalash
Eltuvchi tebranishning impulsli kodli modulatsiyalashning yana uchta turini hosil qilish mumkin: amplituda bo‘yicha modulatsiya (IKM-MA yoki raqamli amplitudaviy modulatsiya – RAM), chastota bo‘yicha modulatsiyalash (IKM-ChM yoki raqamli chastotaviy modulyasiyalash (RChM)) va faza bo‘yicha modulatsiyalash (IKM-FM yoki raqamli fazaviy modulatsiyalash (RFM)). 4.12-rasmda diskret va raqamli modulatsiyalashning har xil turlari uchun signalning ikkilik koddagi shakllari keltirilgan.
IKM-MA da «1» simvoliga (4.12-a, d rasmlar) eltuvchi tebranishni ti vaqt oralig‘i davomida uzatish, «0» simvoliga shunday vaqt oralig‘ida tebranishning yo‘qligi (pauza) mos keladi. IKM-ChM bo‘lgan holda (4.12-d rasm) f0 chastotali eltuvchi tebranishning uzatilishi «1» simvoliga, f1 chastotali tebranishning uzatilishi esa «0» ga mos keladi. Ikkilik IKM-FM da (4.12-e rasm) «1» dan «0» ga va «0» dan «1» ga har bir o‘tishda eltuvchi tebranish fazasi 180° ga o‘zgaradi.
Amaliyotda diskret nisbiy fazaviy modulatsiyalash (NFM) tizimidan foydalaniladi. IKM-FM dan farqli o‘laroq, NFM da (4.12-f rasm) kanal signali fazasini biror etalondan emas, balki signalning oldingi elementi fazasidan sanaladi. Masalan, «0» simvoli signal oldingi elementining boshlang‘ich fazasiga ega bo‘lgan sinusoida kesmasi bilan, «1» simvoli esa signal oldingi elementining boshlang‘ich fazasidan 180° ga farq qiladigan boshlang‘ich fazali shunday kesma bilan uzatiladi. NFM da uzatish axborot eltmay­digan bir elementni yuborishdan boshlanib, u keyingi elementning fazasini taqqoslash uchun tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi.

4.12-rasm. Ikkilik kod bilan raqamli modulyatsiyalash turlari:
a) kod; b) IKM-MA; d) IKM-ChM; e) IKM-FM; f) NVM.
Odatda, o‘lchashlar texnikasida ikkilik koddan foydalaniladi (m=2) va shuning uchun Dt=telt bo‘ladi (4.12-a rasm).
4.4. Impulsli va raqamli o‘lchash texnikasi

Yüklə 478,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin