Elektr signallar shaklini kuzatish va taxlil qilish. Signalning chastota-vaqt parametrlarini o‘lchash va spektrni taxlil qilish. O‘lchov signallarining generatorlari



Yüklə 478,92 Kb.
səhifə12/20
tarix05.12.2023
ölçüsü478,92 Kb.
#174075
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
8 (3)

Integral sanagichlar
Integral sanagich – integral mikrosxemalarda turli tuzilishli boshqaruv sxemalari bilan yasalgan va o‘zining kirishiga keladigan impulslarni sanashni amalga oshiradigan raqamli qurilmadir. Sana­gichda impulslarning sanog‘i triggerlarning ma’lum kombinatsiyalari bilan ifodalanadi. Sxemaning kirishiga navbatdagi mantiqiy 1 kelganida sanagichda triggerlarning oldingi sondan bittaga katta bo‘lgan songa mos hollatlari kombinatsiyasi o‘rnatiladi. Bunday sanagichlar jamlovchi sanagichlar deb ataladi. Raqamli o‘lchash texnikasida ham qo‘llaniladi, kirishdagi sonlar sanoq jarayonida bittagacha kamayadigan ayiruvchi sanagichlar va, shuningdek, jamlash rejimi­dan ayirish rejimiga va aksincha qayta ulanishga qodir reversiv sanagichlar ham qo‘llaniladi.
Sonlarni sanagichlarda ifodalash uchun asosan ikkilik, o‘nlik va ikkilik-o‘nlik sanoq tizimlari qo‘llaniladi. Ikkilik sanoq tizimini qo‘llanilganda triggerlarning to‘g‘ri chiqishlaridagi mantiqiy dara­jalar sonning ikkilik xonalari raqamlarini aniqlaydi. Bu holda sanagichdagi sonning har bir xonasi bitta triggerning ma’lum holati bilan ta’minlanadi. Yoziladigan impulslarning maksimal soni N=2n–1 ni tashkil etadi, bu yerda n – sanagichdagi xonalar (triggerlar) soni.
Eng sodda ikkilik halqaviy sanagichni ko‘raylik. U halqa qilib yopilgan uchta JK-triggerdan iborat bo‘lib (4.22-a rasm), ular bo‘ylab kirish impulslarining ta’siri ostida (Kir. nuqtasi) bitta yoki bir necha kod birliklari aylanib turadi. Bu sxemada har bir oldingi triggerning to‘g‘ri chiqishi keyingi triggerning kirishi J bilan ulan­gan. Barcha triggerlarning takt kirishlari (Kir. bo‘linmasi) birlashtirilgan va ularga sanoq impulslari keladi.

4.22-rasm. Halqali sanagich:
a) sxemasi; b) rostlik jadvali.
Sanash boshlanishi oldidan birinchi trigger O‘rn. impulsli signal bilan 1 holatiga (0 chiqish), qolgan triggerlar esa (1 va 2 chiqishlar) 0 holatiga o‘rnatiladi. Sanagichning bu holatiga so‘nggi triggerning chiqshi Q3 dagi 0 mos keladi. O‘rn. signali uzilganidan keyin sanoq boshlanadi va triggerlar odatdagi JK-triggerlar kabi ishlaydi.
Birinchi triggerning axborot kirishlarida J=0 va K=1 o‘rna­tilganligi sababli birinchi kirish impulsining tugash momentida u mantiqiy holat 0 ga o‘tadi. Ikkinchi trigger 1 holatni oladi (chiqish 1), chunki uning kirishlarida J=K=1 edi. Uchinchi trigger o‘zining oldingi holatini o‘zgartirmaydi. Shunday qilib, kodli 1 birinchi triggerdan ikkinchisiga o‘tdi. Har bir navbatdagi kirish triggerining tugashi bilan kodli 1 oldingi triggerdan keyingicha ko‘chadi, ya’ni sxemada o‘ng tomonga o‘tadi (4.22-b rasmdagi rostlik jadvaliga q.).

Yüklə 478,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin