«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə14/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

4.2. Qizdiruvchi elementlar
Kizdiruvchi elementlar - bilvosita qarshilik usulida issiqlik ishlovi beruvchi qurilmalarning asosiy ishchi qismi hisoblanib, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib berish uchun xizmat qiladi.
Qizdiruvchi elementlarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Ular yuqori darajadagi haroratda turg‘un (yuqori haroratlarda oksidlanmaslik xususiyatiga ega), yuqori darajadagi haroratlarda bikirlik (yuqori haroratlarda o‘z xossalarini yo‘qotmaslik xususiyatlariga ega) va ular yuqori darajadagi haroratlarda ishlov beriluvchanlik kabi xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak. SHuningdek, ular yuqori solishtirma qarshilikga ega bo‘lishlari, qarshilikning kichik harorat koeffitsientiga va o‘zgarmas elektr qarshiligiga ega bo‘lishlari kerak. Haroratiga qarab qizdiruvchi elementlar quyidagilarga bo‘linadi:
- past harorat qizdiruvchi elementlari - 500 - 700 K;
- o‘rta harorat qizdiruvchi elementlari - 900 - 1200 K;
- yuqori harorat qizdiruvchi elementlari - 2500 - 3300 K.
Kizdiruvchi elementlar asosan tarkibiga bir necha metall kirgan qorishmalardan yasaladi. Misol uchun nixrom deb ataluvchi qorishma tarkibiga (75 - 85) % nikel, (22-27)% xrom va boshqa qo‘shilmalar kiradi, yoki fexral’ deb ataluvchi o‘tkazgich tarkibi 13% gacha xrom, 4% gacha alyuminiy va 83% gacha temirdan iboratdir. Titan, bor va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali qizdiruvchi elementlarning ishchi haroratini ancha ko‘tarish mumkin.
Konstruksiyasiga ko‘ra qizdiruvchi elementlar - ochiq konstruksiyali qizdiruvchi elementlarga va yopiq konstruksiyadagi qizdiruvchi elementlarlarga bo‘linadi. O‘z o‘rnida ochiq konstruksiyadagi qizdiruvchi elementlar - kesim yuzasi doira shaklidagi o‘tkazgichdan yasalgan spiralsimon va zig-zag ko‘rinishdagi hamda kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak (kvadrat) lenta ko‘rinishdagi zig-zag simon qizdirish elementlarga bo‘linadi.
YOpiq konstruksiyadagi kizdiruvchi elementlar toifasiga past haroratlarda ishlovchi trubkasimon qizdiruvchi elementlarlar kiradi.

1- rasm


1 - rasmda trubkasimon qizdiruvchi elementlarning tuzilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ochiq konstruksiyadagi qizdiruvchi elementlarga nisbatan elektr muhitida ishlatilishiga ko‘ra xavfsizdir. SHuningdek trubkasimon qizdiruvchi elementlar suvda, suyuq uglevodorodlar, tuz qorishmalari suyuq metall muhitlarida ishlatilishlari mumkin.Trubkasimon qizdiruvchi elementlar quyidagi xarakterstikalarga ega,ya’ni, quvvati- 100 Vt dan 15 Kvt gacha, kuchlanishi- 36 V dan 380 V gacha, ishchi harorati -400 dan 1000 K gacha, ishlash muddati- 10 ming soatdan 40 ming soatgacha.
Suyuqlik va gazlarni qizdirishda g‘ovaklik darajasi 40 - 80 mkm bo‘lgan g‘ovak metallokeramik metallardan yasalgan qizdiruvchi elementlar ishlatiladi. Ularning solishtirma issiqlik quvvati 1 Kvt / sm2, ishchi harorati 400 - 600 K, bir elementdagi kuchlanish 1 - 12 V ga tengdir.
Ishchi harorati 1700 K bo‘lgan yuqori haroratdagi issiqlik ishlovi berish uchun korborunddan yasalgan kizdiruvchi elementlar ishlatiladi. (korborund 1900 - 2000 K haroratda ko‘mir va kremniy karbidini qorishtirish yo‘li bilan olinadi). Bunday qorishmali eritmalar lar diametri 6 - 30 mm bo‘lgan sterjen shaklida yasaladi.
Harorati 2000 K bo‘lgan oksidlovchi muhitlarda molibden disilitsididan ( MoSi2 ) yasalgan q.e lar ishlatiladi.
Ishchi harorati 2300 K va undan yuqori bo‘lgan sharoitda qiyin eruvchan metallar (tantal, volfram, molibden va b.), ko‘mir va grafitdan yasalgan kizdiruvchi elementlar ishlatiladi.

Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin