4.3. Elektr isitish va elektr qizdirish qurilmalari Bunday qurilmalar toifasiga elektrokaloriferlar, radiatsion qizdirgichlar, elektr quritgichlar, elektr isitish qurilmalari, shuningdek, trubalarni, beton va er satxini qizdirish qurilmalari kiradi. qurilmalar sinfining ko‘pligi ular tomondan bajariladigan texnologik jarayonlarning turli - tumanligidan dalolat beradi.
Elektrokalorifer - kizdiruvchi elementlar va ventilyatordan iborat bo‘lgan qizdirish qurilmasidir. Asosiy parametrlari - quvvati 10 - 60 kVt; solishtirma yuza quvvati - 1 - 10 Vt/sm2; Kuchlanishi - 127, 220, 380 V; ishchi harorati 100 - 500 oS ; havo tezligi 5 - 20 m/sek.
Ishchi harorati 500 K bo‘lgan elektrokaloriferlarda izolyatorlarga osib qo‘yilishi mo‘ljallangan spiralsimon kizdiruvchi elementlar qo‘llaniladi. 400 K gacha xavo muhitini qizdirish uchun mo‘ljallangan elektrokaloriferlarda trubkasimon qizdiruvchi elementlar qo‘llaniladi. 1200 K va undan yuqori darajada havoni qizdirishida, qizdiruvchi elementi metall trubadan yasalgan elektrokaloriferlar qo‘llaniladi.
Radiatsion qizdirgichlar sanoat va qishloq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Ular toifasiga och rangli lampali nurlatgichlar, och rangli kvars nurlatgichlari va to‘q rangli nurlatgichlar kiradi.
Elektr quritgichlar - radiatsion va aralash usullarda ishlash prinsipiga ega. Bu o‘ziga xos kamera bo‘lib, undagi havo muhiti kalorifer, trubkasimon qizdiruvchi elementlar va turli ochiq konstruksiyadagi kizdiruvchi elementlar yordamida qizdiriladi. Issiqlik effektivligini oshirish uchun quritgich paneli ko‘zguli qilib yasaladi. Ishlab chiqaruvchanlikni oshirish uchun uzluksiz ishlovchi quritgichlardan foydalaniladi.
Elektr isitish qurilmalari. Ulardan iqtisodiy jihatdan afzallik bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Elektr istishning quyidagi usullari mavjud:
- havoni elektrokalorifer yordamida qizdirish orqali isitish;
- panelli qorishmali elementlar yordamida istish;
- nurli issiqlik almashinuvi yordamida isitish.
Trubalarni, beton va er satxini qizdirish qurilmalari yordamida truba quvurlaridagi suyuqliklarni qizdirish, qatlamlaridan elektr toki oqishi hisobiga beton qatlamlarini qizdirish, muzlagan er qatlamini eritish va shuningdek shaxar elektr ta’minoti tizimiga kiruvchi trotuar, chorraxalar va aeroportlardagi samolyotlar qo‘nish yo‘laklarini qizdirish jarayonlari amalga oshiriladi.