«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘quv-uslubiy majmua dts talablari asosida tuzilgan


Bilvosita issiqlik ishlovi beruvchi elektr qarshilik pechlari



Yüklə 151,04 Kb.
səhifə7/47
tarix14.12.2023
ölçüsü151,04 Kb.
#178736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
«Elektr texnologik qurilmalar» fani bo‘yicha tuzilgan ushbu O‘qu-fayllar.org

2.2. Bilvosita issiqlik ishlovi beruvchi elektr qarshilik pechlari.
Davriy rejimda ishlovchi elektr qarshilik pechlari.

2 - rasm


YUqorida 2 - rasmda davriy rejim elektr qarshilik pechlarning tuzilishi keltirilgan.
Bunda
a- qalpoq tipidagi;
b - elevator tipidagi ;
v - kamerali;
g - shaxta tipidagi.

2 - rasmda quyidagi belgilanishlar qo‘llanilgan:
1 - maxsulot o‘rnatiladigan stend;
2 - pech kamerasi;
3 - yuqori haroratga chidamli mufel ;
4 - qizdiruvchi elementlar;
5 - qizdirilayotgan mahsulot;
6 - pechning pastga tushiriladigan tubi;
7 - ko‘taruvchi qurilma;
8 - pech qopqog‘i.
Kolpoq“ tipidagi pech - futerovkalangan (yuqori haroratga chidamli) va qo‘zg‘almas stendga qizdiriluvchi mahsulot o‘rnatilgan bo‘lib, ustidan avval o‘tga chidamli mufel o‘rnatilib, so‘ngra mahsulotni qizdirish uchun mo‘ljallangan kizitish elementi bilan ta’minlangan “qolpoq“ o‘rnatiladi.Kizitish elementlari qolpoqning ichki yon devorlariga o‘rnatilgan. kizitish elementlari elektr energiyasi manbasiga egiluvchan kabel va shtepsel ajratgichlari yordamida ulanadi. Mahsulot va “qolpoq” ko‘tarish kranlari yordamida stendga yuklanadi va tushiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanish effektivligi va ishlab chiqaruvchanligini oshirish maqsadida 2-3 stenddagi mahsulotga issiqlik ishlovi berish uchun bitta “qolpoq“ dan foydalaniladi (birinchi stenddagi mahsulot qizdirib bo‘lingach, “qolpoq“ kran yordamida ikkinchi va so‘ngra uchinchi stendga olib o‘rnatiladi, bunda mahsulotni sovutish jarayoni mufel ichida davom ettiriladi va oqibatda bor yo‘g‘i mufel va qolpoqda yig‘ilgan va 10 - 15 % ni tashkil qilgan miqdordagi issiqlik energiyasi yo‘qolishiga erishiladi). Bunday Elektr karshilik pechlarining ishchi harorati 350 oS dan 1250 oS gachani tashkil etadi. Misol uchun, 1,5x2,0x6,0 m kattalikdagi va massasi 100 tonna bo‘lgan mahsulotni qizdirish pechining quvvati 570 kVt ni tashkil etsa, bundan 500 kVt “qolpoq” quvvatini 70 kVt stend quvvatini tashkil etadi.



Yüklə 151,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin