Dielektrik usulda issiqlik ishlovi berish yuqori chastotadagi elektr maydoniga kiritilgan tok o‘tkazmaydigan yoki yarim o‘tkazgich metallarda polyarizatsiya natijasida hosil bo‘luvchi siljish toklari vujudga kelishiga asoslangan.
Elektr yoyi hisobiga issiqlik ishlovi berish usulida materiallarga elektrodlar orasida hosil qilingan issiqlik energiyasi hisobiga tegishli issiqlik ishlovi (yoy yordamida metallarni kesish, ulash, eritish va ‘okazo) beriladi.
Elektron va ionli -nurli qizdirish usuli elektr maydoni ta’sirida tezlanish olgan va tez harakatlanayotgan elektronlar va ionlar o‘zaro to‘qnashishlari natijasida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Plazmali qizdirish usuli yoy razryadi muhitidan yoki yuqori chastotali elektromagnit yoxud elektr maydonidan gazni o‘tkazish oqibatida ajralayotgan issiqlik energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Lazer yordamida issiqlik ishlovi berish lazerlarda ya’ni optik kvant generatorlarida xosil qilingan yuqori konsentratsiyadagi yorug‘lik energiyasi oqimlarini qizdiruvchi yuzalar tomonidan o‘zlashtirilishiga asoslangan.
3.2. Elektrotermik qurilmalarida issiqlik uzatish usullari
Elektrotermik qurilmalarda issiqlik almashuvi mavjud bo‘lgan barcha usullarda, ya’ni, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va nurli issiqlik almashuvi usullarida amalga oshiriladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli - qattiq jism ichida yoki harakatda bo‘lmagan suyuqlikda (gazda) amalga oshiriladigan issiqlik almashuvi usuli bo‘lib, bunda molekulalar - kinetik nazariyaga ko‘ra jismlar zarrachalarining (molekula, atom, elektron) issiqlik ta’siridagi harakati va o‘zaro ta’sirlashuvi oqibatida jismning nisbatan yuqori haroratga ega qismidan kamroq qizigan qismiga qarab uzatish ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Fure gipotezasiga ko‘ra uzatilayotgan issiqlik energiyasi miqdori:
(1)
bilan aniqlanadi. Bu erda:
- jism yoki moddaning issiqlik o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti;
- issiqlik energiyasi yo‘nalishi bo‘yicha harorat gradienti;
d - elementar vaqt;
dF - issiqlik oqimiga perpendikulyar bo‘lgan elementar yuza.
Dostları ilə paylaş: |