Elektr tokidan foydalanish qoidalari



Yüklə 38 Kb.
səhifə3/3
tarix22.10.2023
ölçüsü38 Kb.
#159518
1   2   3
xavfsizlik tex qoidalari

Zaharli moddalar
Lazerli printerning kukuni tarkibiga zaharli moddalar kiradi. Ular qog'ozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va butunlay zararsizlantiriladi. Printerga tiqilib qolgan qog'oz sug'urib olinganda undagi kukunning bir qismi kuydirilmagan bo'ladi va havoga chang tarzida tarqalishi, kiyim va teriga yuqib, inson organizmiga kirib borishi mumkin. Bunday chala kuydirilgan qog'ozlarni qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va axlat qutilariga tashlash mumkin emas. Ularni darhol avvaldan tayyorlab qo'yilgan yupqa sellofan yoki qog'oz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash kerak.
Lazerli printerlarda faqat ularda foydalanish ko'zda tutilgan qog'ozlarni ishlatish kerak. Boshqa turdagi, ayniqsa qipiqlanadigan gazeta qog'ozlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Sanitariya-gigiena talablari
Informatika darsida o'quvchilar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o'laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo'ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to'liq shakllanib ulgurmagan o'quvchilarning badanlarining zo'riqishiga va noto'g'ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyilarga talablarga rioya qilish kerak.
1) Kompyuter monitori o'tirgan o'quvchilarning ko'zlari darajasida bo'lib, o'quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo'lgan masofada o'tirishlari imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak.
2) Kompyuterning klaviaturasi o'tirgan o'quvchilarning bukilgan tirsaklari darajasida bo'lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan yetarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo'lishlari kerak.
3) Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko'rinishidagi mebellarga joylash
taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo'lsa, ular o'quvchilarning o'tirgan holda oyoqlarini
oxirigacha uzatishlariga halaqit berishi kerak emas.
4) Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o'quvchilar uchun 30 minutdan ortmasligi kerak.
5) Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6
marta ko'p bo'lishi kerak.
6) Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo'lishi kerak.
7) Kompyuter klaviaturasida iflos qo'llar va o'stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat
berilmaydi.
8) Yuqumli kasalliklar huruji paytida o'quvchilar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo'llarini
sovun bilan yuvishlari kerak.
9) Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang
yig'ilib qolishining oldini olish lozim.
Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin