Elektr tokidan foydalanish qoidalari



Yüklə 38 Kb.
səhifə1/3
tarix22.10.2023
ölçüsü38 Kb.
#159518
  1   2   3
xavfsizlik tex qoidalari


.1. Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablari
Informatika sinfida inson hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi omillarga
A) elektr toki urishi;
B) yong'in chiqish xavfi;
V) yuqori chastotali va lazer nurlanish manbalari mavjudligi;
G) o'ta zaharli moddalardan zaharlanishlar kiradi.
Elektr tokidan foydalanish qoidalari
Elektr toki elektr zaryadlarining harakati bo'lib, elektr zaryadlarining bir turdagi manbasidan ikkinchi tur manbasi tomon harakatlanishidan vujudga keladi, deb qabul qilingan. Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud bo'lib, ular o'zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tug'dirmaydi. Bundan tashqari, inson tanasi a'zolarining faoliyati o'ta kuchsiz elektr signallari yordamida amalga oshiriladi va boshqariladi.
Lekin inson organizmidan elektr toki oqib o'ta boshlaganda, bu muvozanat va zaryadlarning joylashish tartibi o'zgaradi va juda qisqa vaqtda insonning yurak, miya kabi o'ta muhim a'zolarining tiklab bo'lmaydigan darajada ishdan chiqishiga, ya'ni inson o'limiga olib keladi. Inson hayoti uchun butun tana bo'ylab, masalan bir qo'ldan ikkinchisi tomon yoki qo'ldan oyoqqa qarab o'tadigan elektr toki eng xavfli hisoblanadi. Odatda, tok urganda elektr toki inson tanasi orqali erga o'tib ketadi. Shu sababli informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto'lalariga joylashtirish qat'iyan ta'qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini o'tkazmaydigan qilib (masalan taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning korpuslari yerga ulanishi (yoki elektr ta'minotining yevroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi.
Inson tanasidan bor-yo'g'i 10 milliamper elektr toki oqib o'tishi ayanchli voqealarga olib keladi, bu esa uyali telefondagi elektr tokidan bir necha marta, cho'ntak fonaridagidan bir necha o'n marta kamdir. Uyali telefon va cho'ntak fonarining inson hayoti uchun xavfsizligiga sabab, ulardagi elektr toki kuchlanishining kichikligidir (3-12 Volt). Inson tanasi orqali yuqori kuchlanishdagi elektr tokining o'tishi va inson tanasining elektr tokiga qarshiligining kamayib ketishi hayot uchun eng xavfli omillardir.
Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlarning, kompyuter va boshqa elektr qurilmalarining elektr ta'minotiga ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab qilinadi. Kompyuter xonasida faqat ovoz kuchaytirish qurilmalari, skanerlar kabi elektr quvvatini kam iste'mol qiluvchi qurilmalar bitta izolyasiyali simlar bilan elektr tarmog'iga ulanadi. Shu sababli, ular boshqa elektr qurilmalaridan alohida turishlari va ularning oldiga o'quvchilar kela olmasligi lozim.
Inson tanasidan oqib o'tadigan tok miqdori inson tanasining elektr tokiga qarshiligiga ham bog'liq. Foydalanuvchilarning shamollab qolishi, isitmasining chiqishi, terlab turib kompyuterda ishlashi, barmoqlarining shilinishi yoki yaralanishi va hatto qo'lni yuvib, yaxshi artmaslik ham inson tanasi qarshiligini 2-50 marta kamaytirib, tok urish xavfini shuncha marta oshirib yuborishi mumkin. Shu sababli, informatika fanidan darslarni jismoniy tarbiya va mehnat ta'limi kabi fanlardan keyin dars jadvaliga qo'yish mumkin emas. O'quvchilarni informatika xonasiga kiritishda ularni birma-bir ko'zdan kechirib chiqish, sog'lig'i yomon va barmoqlarida muammolar bo'lgan o'quvchilarga alohida e'tibor qaratish kerak.
Kompyuterning va unga ulanadigan barcha qurilmalarning korpuslari tok o'tkazmaydigan materiallardan yasaladi va metal ishlatilganda ham, ular tok o'tkazmaydigan bo'yoqlar bilan qoplanadi. Bundan faqat kompyuterning orqa tomonidagi murvatlar va turli simlar ulanadigan uyalar istisnodir.
Kompyuterning korpusida yuqori kuchlanishli elektr toki bo'lmasa-da, ular yerga ulanmagan yoki yaxshi ulanmagan va uzoq vaqt, masalan, kun bo'yi ishlayotgan bo'lsa, korpusda hayot uchun xavfli miqdordagi elektr zaryadlari yig'ilib qolgan bo'lishi mumkin. Shu sababli, sinfda kompyuterlarni devor bo'ylab yoki xonaning o'rtasiga ikki qator qilib joylashtirilishi kerak. Ayniqsa, sinfga qarab, devor yonida o'tiradigan o'qituvchining kompyuterini o'rnatishga jiddiy e'tibor berib, uning orqa tomoniga o'quvchilarning o'ta olmasliklarini ta'minlash kerak.
Zamonaviy kompyuter texnikasida sistema blokining old tomonidagi tugma kompyuterni elektr tarmog'idan butunlay uzmaydi. Buning uchun kompyuter korpusining orqa tomonidagi tugmadan foydalanish kerak. Agar kompyuter korpusida bunday tugma bo'lmasa, bunday tugmasi bor maxsus uzaytirgichlar orqali kompyuterni elektr tarmog'iga ulash lozim. Bundan tashqari, sinfdagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog'idan uzuvchi yagona uzgich ham bo'lishi kerak.

Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin