Elektr tokining inson organizmiga ta’siri



Yüklə 22,26 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü22,26 Kb.
#190961
1   2   3   4   5   6   7   8
3 MARUZA

Termik ta’sir teri to’qimasi hujayralarini qizishidan kuyib ketishigacha olib kelishi mumkin. Termik kuyish to’rt darajada ifodalanadi: termik qizarish, pufakchalar hosil bo’lishi, teri yuzasining mo’rtlashishi va teri to’qimasining to’liq kuyib ketishi.

  • Termik ta’sir teri to’qimasi hujayralarini qizishidan kuyib ketishigacha olib kelishi mumkin. Termik kuyish to’rt darajada ifodalanadi: termik qizarish, pufakchalar hosil bo’lishi, teri yuzasining mo’rtlashishi va teri to’qimasining to’liq kuyib ketishi.
  • Elektrolitik ta’­sirda esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xussusiyatlari o’zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi.
  • Elektr tokining biologik ta’siri natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to’lqinlanadi, mushaklar keskin ravishda qisqaradi. Ya’ni, inson o’z organizmini boshqara olmaydi, natijada inson uchun xayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va x.k.

Insonni tok urish holati to’rt darajada baholanadi:

Insonni tok urish holati to’rt darajada baholanadi:

  • I-daraja – muskullar qisqaradi, inson tok ta’siridan chiqib ketadi, xushini yo’qotmaydi;
  • II-daraja – muskullar qisqaradi, inson xushini yo’qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;
  • III-daraja – inson xushini yo’qotadi, nafas olish tizimi yoki yurak uri­shi to’xtab qoladi;
  • IV-daraja – klinik o’lim holati, bunda insonda xech qanday xayot alomatlari (qon aylanishi, nafas olishi, yurak urishi) ko’rinmay qoladi;
  • Klinik o’lim holati bu xayot bilan o’lim oralig’i bo’lib, ma’lum vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Shu holatda yurak faoliyati va nafas olishi to’xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik o’lim holati 5-8 minut davom etadi. Shu davrda hech qanday yordam berilmagan taqdirda miya hujayralari parchalanib, qaytarilmas — biologik o’limga o’tib ketadi.
  • Biologik o’lim — qaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to’xtashi bilan tavsiflanadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanib ketadi. Bu klinik o’lim vaqti tugagandan keyin ro’y beradi.

Yüklə 22,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin