Elektr yoy po’lat eritish pechlari reja


Bilvosita ishlovchi EYoP lari



Yüklə 115,03 Kb.
səhifə2/6
tarix20.06.2023
ölçüsü115,03 Kb.
#133149
1   2   3   4   5   6
Elektr yoy po’lat eritish pechlari reja

Bilvosita ishlovchi EYoP lari.


Bilvosita EYoP ning sxemasi 12 - rasmda keltirilgan. Bir fazali bilvosita EYoP larning asosiy kismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki kismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning karama-qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga karab siljitib boriladi; 3 - eritilayotgan 12-rasm material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr yoyi.
Elektrodlar kuchlanish manbaasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoklashtiriladi va natijada yoy hosil buladi. Yoyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi xisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, og‘dirish mexanizmi yordamida pech og‘diriladi va eritma maxsus idishlarga tukiladi. Pech quvvati manbaa tokini va elektrodlarni yakinlashtirish yoki uzoklashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish xisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jixozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYoP lari 0.25 t va 0.5 t sig‘imiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kV*A ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar kullaniladi.


Bevosita ishlovchi EYoP lar.
Bevosita EYoP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida kuyma yombi olish uchun muljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. Shuningdek, olingan po‘lat maxsuloti mashinasozlik zavodlarida fasonli kuyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi.
Bevosita EYoP larining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz. Po‘lat eritish yoy pechi (PEYoP)ning sxemasi 13-rasmda keltirilgan.

Pechning tuzilishi :
1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga (o‘tga) chidamli futerovka; elektrodlar - 4 o‘tadigan pechning svod kismi - 3 ; 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr yoyi.
PEYoPlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga muljallangan elektro-magnit usulda qorishtirish kuril-masi, eritmani to‘kish uchun mul-jallangan pechni og‘dirish mexanizmi, pech svodi (kopkogi )ni ko‘tarish va burish xamda elek-trodlarni uzatish va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta’minlangan.
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat:
- metallom (ruda, skrap) ni eritish;
- qorishmani turli kushilma va gazlardan tozalash;
- metall raskisleniyesi;
- qorishmaga legirlovchi komponentlar kushish;
- rafinatsiya jarayoni;
- eritmani avval maxsus chumichga ( kovshga ) va undan tegishli for-malarga kuyish.
Katta hajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi.



Yüklə 115,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin