Elektr yuritma tushunchasi. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari. Elektrotermiyaning fizik texnik asoslari



Yüklə 34,54 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü34,54 Kb.
#177701
  1   2   3   4   5   6   7
Elektr-yuritmaning-elektr-taminoti. mustil ish


Mavzu: ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Reja:

  1. Elektr yuritma tushunchasi.

  2. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari.

  3. Elektrotermiyaning fizik texnik asoslari.

  4. Adabiyotlar.


ELEKTR YURITMA TUSHUNCHASI

Zamonaviy sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish juda ko‘p ko‘rinishdagi texnologik jarayonlar bilan xarakterlanadi. Ularni amalga oshirish uchun esa minglab har xil turdagi mashina va mexanizmlar yaratilgan. Masalan, material va maxsulotlarni qayta ishlash dastgohlar, prokat stanlari va presslarda amalga oshiriladi; qattiq jism va buyumlarni, gaz va suyuqliklarni boshqa joyga ko‘chirishda esa konveyerlar, ko‘tarish kranlari, eskalatorlar, nasoslar va kompressorlardan foydalaniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagilar kabi va ko‘plab boshqa mashina va mexanizmlar shahar kommunal xo‘jaligi, meditsina texnikasi, turmush, aloqa, qurilish va transportda ham keng ishlatiladi.Ishlab chiqarish mashinasi (yoki ishchi mexanizmi) bir qancha o‘zaro bog‘langan qismlar va uzellardan tuzilgan bo‘lib, shulardan biri mexanik harakatni amalga oshirish orqali berilgan texnologik jarayonni bevosita bajaradi, shuning uchun u ijro organi deb ataladi. Ko‘pgina hollarda ijro organining - dastgoh shpindeli, prokat stanining valiki, lift kabinasi, konveyer tasmasining harakat tezligini rostlash talab qilinadi. Ba’zida esa ijro organlari harakat yo‘nalishini o‘zgartirish (reverslash) zaruriyati ham tug‘ladi. Shunday qilib, ijro organi, texnologik jarayonni bajarish uchun talab qilinadigan (ba’zida rostlanadigan) tezlik bilan mexanik harakatni bajo keltirishi bunda qarshilik kuchini bartaraf qilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun, ijro organiga, alohida qurilma orqali muayyan mexanik energiyani keltirib berish lozim, ushbu qurilma o‘zining vazifasiga ko‘ra yuritma nomini olgan. Yuritma mexanik energiyani, boshqa turdagi energiyalarni o‘zgartirish natijasida hosil qiladi. Foydalanilayotgan energiya turiga qarab gidravlik, pnevmatik, issiqlik va elektr yuritmalar farqlanadi. Hozirda ishlab chiqarish, kommunal xo‘jalik va boshqa tarmoqlarda elektr yuritma eng ko‘p qo‘llanishga egadir, u hosil qilinayotgan elektr energiyaning 60 foizdan ko‘prog‘ini iste’mol qiladi. Elektr yuritmaning bunday keng qo‘llanishi, uning boshqa ko‘rinishdagi yuritmalarga nisbatan bir qator afzalliklari va o‘ziga xos xusiyatlari bilan belgilanadi:


1) o‘zga turdagi energiyalarga, shu jumladan mexanik energiyaga ham, o‘zgartirilishi va o‘zining tarqatilishi eng tejamli bo‘lgan elektr energiyadan foydalanganligi;
2) quvvati va tezligini ozgarish doirasining kengligi: zamonaviy elektr yuritmalarining quvvat diapazoni vattning yuzdan bir ulushidan on minglab kilovatt orasida boladi, aylanish chastotasi esa valning bir minutdagi aylanish ulushlaridan bir necha yuz ming bir minutdagi aylanishgacha chegaralanadi;
3) turli tuman shart-sharoitlarda ishlashi mumkinligi: agressiv suyuqlik va gazlar muxiti, kosmik fazo sharoitlari, past va yuqori haroratlar va boshqalarda. Elektr dvigatellarini konstruktiv bajarilishining kop turliligi esa elektr yuritmani ishchi mexanizm bilan qulay biriktirish imkoniyatini beradi;
4) oddiy vositalar yordamida ijro organi harakatining har xil va murakkab turlarini hosil qilish, shuningdek harakat yonalishi va uning korsatkichlarini tezligi va tezlanishini ozgartirish mumkinligi;
5) ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni ongayligi, elektr yuritmani ishlab chiqarishning umumiy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga osonlik bilan ulash mumkinligi;
6) yuqori foydali ish koeffisienti (f.i.k.), ishlashdagi ishonchliligi, xizmat korsatuvchi hodimlar uchun qulay sharoitlari va atrof muxitni iflos qilmasligi.

Hozirgi zamon elektr yuritmalarining imkoniyatlari fan va texnikaning bir - biriga yaqin tarmoqlari-elektr mashinasozlik va elektr asbobsozlik, elektronika va hisoblash texnikasi, avtomatika va elektrotexnika yutuqlaridan foydalanish hisobiga tobora kengayib bormoqda. «Elektr yuritma» deb, elektr dvigateli, elektr o‘zgartiruvchi, mexanik uzatuvchi va boshqaruvchi qurilmalardan tuzilgan elektromexanik tizimga aytiladi; u ishlab chiqarish mashinalarining ijro organlarini harakatga keltirish va bu harakatni boshqarish uchun yaratiladi. 


Elektr yuritmaning tuzilish (struktura) sxemasi.
Har qanday elektr yuritmaning (EYu) asosiy elementi elektr dvigateli (ED) hisoblanadi, u elektr energiyani (EE) mexanik energiyaga (ME) o‘zgartirishni ta’minlaydi. ED va ijro organining (IO) harakatlarini moslashtirish uchun mexanik uzatuvchi qurilma (MUI) hizmat qiladi, u dvigatel hosil qilayotgan mexanik energiyani korinishini va korsatkichlarini ozgartiradi. ED ni harakatlanuvchi qismi (rotor), MUI va IO elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiladi. Ba’zi hollarda MUI ishlatilmaydi va bunda ED togridan - togri IO bilan biriktiriladi. Dvigatel oziga kerakli energiyani elektr energiya manbaidan (EEM) elektr ozgartiruvchi qurilma (EShI) orqali oladi. EShIning vazifasi qilib, elektr energiyani korsatkichlarini ozgartirish va rostlash belgilangan. Energiyaning ozgarish jarayonini boshqarish boshqaruvchi qurilma (BI) yordamida amalga oshiriladi, u topshiriq signali Ut funksiyasida bolgan boshqarish signalini Ub va energiyaning ozgarish jarayoni, ED yoki IO ning mexanik harakatini haqiqiy korsatkichlari haqidagi ma’lumotlarni oz ichiga olgan qoshimcha signallarni hosil qiladi. Bu signallardan foydalanish ED va IO lar harakatining kerakli harakteristikalarini olish, ishchi mexanizmlarini maqbul (optimal) ish rejimga erishish, elektr yuritmani ishlashida himoya va blokirovkalarni ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Bu signallar tegishli datchiklar tomonidan ishlab chiqariladi. Ozgartiruvchi va boshqaruvchi qurilmalar boshqarish tizimini (BT) tashkil qiladi, bu tizim oz navbatida dvigatel cholgamlari bilan birgalikda yuritmaning elektr qismini tuzadi.
Quyida ijro organlari va elektr yuritma tarkibiy qismlarining eng keng tarqalgan namunalari keltirilgan.

1.Ijro organi


tokarlik dastgoxining shpindeli; randalash dastgohining harakatlanuvchi stoli; konveyer tasmasi (zanjiri); ekskavator kovshi; kotargich kabinasi; nasos parraklari; prokat stanining valiklari; dastgoh uzatish mexanizmining harakatlanuvchi vinti, kran siljish mexanizmining aravachasi; kotarish chigirining ilmogi.


2. Elektr dvigateli


Turli qozgatishli ozgarmas tok dvigateli; faza yoki qisia tutashuv rotorli asinxron dvigatel; sinxron dvigatel; chiziqli ozgarmas yoki ozgaruvchan tok dvigatellari; ventilli dvigatel; odimlovchi dvigatel; yumalovchi va tolqin rotorli dvigatellar; reduktorli dvigatellar.


3. Mexanik uzatish qurilmasi


Silindrli va chervyakli reduktorlar; planetar uzatma, vint-gayka uzatmasi, tolqinli uzatma; krivoship-shatun uzatmasi; zanjirli va qayishli (tasmali) uzatma; reykali uzatma.


4. Ozgartiruvchi qurilma


Boshqariladigan togrilagich; ozgaruvchan tok kuchlanishi va chastotasini ozgartkichlari; kuchlanishni impuls ozgartkichi; invertorlar.


5. Boshqarish qurilmasi


Knopka, boshqarish kaliti; rostlagich(regulyator); boshqaruvchi hisoblash mashinasi; rele; kontaktorlar; kuchaytirgich; logik elementlar; faza detektori.


6. Elektr energiya manbai


Sanoat chastotasidagi bir fazali yoki uch fazali ozgaruvchan tok tarmog’i; ozgarmas tokning sex tarmogi; akkumulyator batareyasi; dizel-generator qurilmasi; quyosh batareyasi.






Yüklə 34,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin