ELEKTR YURITMANING VAZIFALARI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Elektr yuritma, ishlab chiqarish mashinasining ijro organiga mexanik energiyani keltirib berib, uning harakatini hosil qiladi. Shuning uchun, EYu ga qo‘yiladigan talablar IO larning harakat yo‘nalishi va uni ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi.
Hozirda mavjud bo‘lgan asosiy texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish mashinalari to‘g‘isidagi ma’lumotlar berilgan. Yuritma tomonidan ta’minlanadigan va ijro organlari harakatiga qo‘yiladigan o‘ziga hos talablar ko‘rsatilgan.
EYu ijro organlari harakatini tarmin etish bilan birgalikda texnologik jarayonlar va operasiyalarni avtomatlashtirishning turli vazifalarini ham bajaradi.
Shuning uchun yuritma uchun tez-tez vujudga keladigan va hal qilinadigan, shu bilan birga keng tarqalgan vazifalari ham ko‘rsatilgan
Elektrotexnologik qurilmalarning rivojlanish tarixi va elektroenergetikadagi o‘rni
Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron top, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbaalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakuum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jixoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas.
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zg‘or extiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora to‘yinib bormoqda. Bunday to‘yinish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan extiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg’i tan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir. Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
Elektrotexnologiyaning tobora takomillashib borishi yuqori bikrlikga ega bo‘lgan, katta miqdordagi issiqlikga bardosh beruvchi, kimyoviy reaksiyaning agressiv ta’siriga turg‘un bo‘lgan va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlikga hamda yuqori darajadagi izolyasion xususiyatga ega bo‘lish kabi yangi xossalarga ega bo‘lgan yangi materiallar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Elektrotexnologik jarayonlar yordamida sifatli o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlar uchun materiallar, shuningdek eski texnologiyalar yordamida ilgari olib bo‘lmagan va ishlab chiqish chiqindilaridan hamda ishlatib bo‘lmaydigan xom-ashyolardan turli materiallar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Ko’plab sanoat tarmoqlari va fanda erishilgan yutuqlar elektrotexnologik jarayonlar rivojiga ko‘ra erishilmoqda.
Elektrotexnologik jarayonlarni takomillashtirib borilishi natijalariga ko‘ra eng diqqatga sazovor bo‘lgan yutuqlar, ayniqsa mikroelektronika soxasida ko‘zga tashlanadi. Radiotexnik jixozlar, elektron hisoblash mashinalari hamda sanoatdagi boshqariluvchan komplekslar tarkibida yuz minglab, ayrim hollarda esa o‘nlab million elementlarni minglab tutashma bilan birlashtiruvchi tizimlar mavjud.
Agarda mazkur tizimlar bundan 40 - 50 yil muqaddam foydalanilgan eski texnologiyalar yordamida yaratilganda edi, bunda yuqoridagi qurilmalar massalari o‘nlab tonnani, xajmlari o‘nlab kub metrni va iste’mol quvvatlari yuzlab kilovattni tashkil qilgan bo‘lar edi.
Hozirgi kunda «yuzalarga plazmali ishlov» orqali yuzalarga qoplama yoki qatlam berishini joriy etilishi ionli - nurli legirlash, plazmali travlenie, lazerli payvandlash, fotolitografiya kabi ishlov berish usullaridan foydalanish, hamda elektrotexnologik qurilmalar yordamida olingan yangi materiallarni qo‘llash oqibatida tarkib jihatidan yangi bo‘lgan mikroelektron elementlar va jixozalar yaratilmoqda. Elektron mikrosxemalarni konstruksiyalash va tayyorlashning yangi va sifatli usullari ishlab chiqildi. Bunda birgina texnologik jarayonning o‘zida mikronlarda o‘lchanuvchan hajmdagi yarim o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan kristall yoki dielektrik yuzada barcha aktiv, passiv va tutashtiruvchi elementlar o‘zaro birlashtirilishi amalga oshiriladi. Mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar (tranzistorlar, diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqalar) hech qanday tashqi tutashmaga ega bo‘lmagan holda, mexanik kuchlar va tashqi muhit ta’siridan saqlovchi umumiy germetik qoplamaga ega va yuzlab mikroelementlarni shunday tartibda o‘zida mujasamlashtirgan, yagona korpusga ega bo‘lgan mikrosxemalar o‘z navbatida koplekslar tarkibiga kiradi. Shu sababli mikrokalkulyator va mikrotelevizorlar bilan ta’minlangan mini - qo‘l soatlari, kichik gabaritli rangli televizorlar, katta eslash qobiliyatiga ega va yuqori tezlikda matematik amallarni bajaruvchi EXM lar biz uchun oddiy bir qurilmalar va jixozlarday bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |