10.7. Eruvchanlik ko‘paytmaasi
Qiyin eruvchan birikmaning chukmasi sirtida shu chukma bilan ionlar urtasida muvozanat sodir bo‘ladi. Kam eriydigan tuzga massalar ta’sir qonuni kullasak , masalan :
СаСО3↔Са2++СО32-
[Са2+ ][ СО32- ]
К= ———————
[СаСО3 ]
Muvozanat qattiq modda (CaCO3) va eritmadagi ionlarning tuk-nashish sirtida sodir bo‘lgani uchun [CaCO3 ] konsentratsiyasi uzgar-maydi. O‘zgarmas temperaturada K*[CaCO3 ] ko‘paytmaasi o‘zgarmas kattalik bo‘lgani uchun uni EK bilan ishoralanadi:
[[Са2+ ][ СО2-3 ]= [СаСО3 ]*К=const=ЭК
Qattiq fazaning sirtidagi tuyingan eritmadagi kam eruvchan birikmalarning ionlar konsentratsiyasining ko‘paytmaasi biror temperaturada o‘zgarmas qiymat bo‘lib, moddaning eruvchanlik ko‘paytmaasi (EK) deyiladi .
Qiyin eriydigan ba’zi birikmalarning EK sistema 25˚ S da quyidagi qiymatlarga ega :
EKAgSl=[Ag+][Cl-]=1,73*10-10
ЭКАgСl=[Аg+][Cl-]=1,73*10-10
ЭК BaSO4=[Ba2+][SO2-4]=1,43*10-9
ЭКСаСО3=[Са2+][СО2-3]=4,52*10-9
ЭКРbS=[Рb2+][S2-]=1,12*10-29
ЭКСuS [Сu2+][S2-]=4,1*10-28
Eruvchanlik ko‘paytmaasi qiyin eriydigan elektrolitning umumiy eruvchanligi bilan bog‘liqdir. Yuqoridagi misollardan kurinib turibdiki, CuS va PbS larning eruvchanligi juda ham kichik.
-
Muammoli savol: 1. Elektrolitning suyuqlanish tempkraturasi yuqori bo‘lishining sababi nima?
|
Dostları ilə paylaş: |