Diqqat: ion bog‘lanishli birikmalar.
|
Elektrolitlarning dissotsilanish darajasi () ni izotonik koeffitsient (i) yordamida quyidagi tenglama asosida xisoblash mumkin:
i-1
= ______
n-1
bu yerda: n- eritmadagi umumiy ionlar soni.
10.3. Bosqichli dissotsilanish
Ko‘p negizli kislotalar, asoslar, tuzlar bosqich bilan dissotsilanadi. Masalan fosfat kislota uch bosqichda (uch negizli bo‘lgani uchun) ionlarga dissotsilanadi.
H3PO4↔H++H2PO-4 1 bosqich (α=27%)
H2PO-4 ↔H++HPO2-4 11 bosqich (α=0,11%)
HPO2-4↔H++PO3-4 111 bosqich (α=0.001)
Dissotsilanishning birinchi bosqichi kuchli boradi, ikkinchisi kuchsizrok, uchinchisi juda ham kuchsiz bo‘ladi. Neytral H3PO4 molekuladan vodorod ionini ajratib olish manfiy zaryadlangan H2PO-4 Ionga nisbatan oson, HPO2-4 ionidan esa H+ ionini ajratib olish qiyinrokdir.
Ko‘p negizli kislota kabi, ikki va undan ortiq valentlik metallarning asoslari ham bosqichli dissotsilanadi. Masalan, magniy gidroksidning dissotsilanishi quyidagicha boradi.
Mg(OH)2↔MgOH++OH- 1 bosqich
MgOH+ ↔ Mg2++OH- 11 bosqich
Ko‘p negizli kislota va yuqori valentli metall asoslarining bosqichli dissotsilanishi nordon va asosli tuzlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Asosni neytrallash uchun kam miqdorda kislota olingan bo‘lsa, asosning bir kism gidroksidi kislota koldigiga almashadi, bunda xo-sil bo‘lgan tuz tarkibida suv koldigi bo‘lib, u asosli tuz hosil qiladi.Agar asosdan kam miqdor olingan bo‘lsa tarkibida metallga al-mashmagan kislotaning vodorodi bo‘lgan nordon tuz hosil bo‘lishi mumkin. Masalan
H3PO4+KOH = KH2PO4+H2O
Amfoter elektrolitlar. Suvda kam eriydigan metallarning ko‘p gidroksidlari kislotali muhitga asos kabi, asosli muhitda kislota kabi reaksiyaga kirishadi. Bunday molekulalar ikki xil: ham asos, ham kislota kabi dissotsilanish mumkin. Kislota ishtirokida. Ya’ni N+ ionlar ortiqcha bo‘lganda dissotsilanish 11 tipda bormay 1 tip buyicha boradi. Ishqor ishtirokida OH-ionlar ortiqcha bo‘lganda 1 tip buyicha dissotsilanish to‘xtab, ionlarga parchalanish 11 tip bo‘yicha boradi.
Zn(OH)2 ga kislota yoki ishqor kushilganda boradigan dissocilanishni quyidagi misollarda kurish mumkin:
Zn(OH)2 + 2H+ + 2Cl- = 2H2O+Zn2+ + 2Cl-
H2ZnO2 + 2K+ + 2OH- = 2H2O + 2K+ + ZnO2-2
Amfoter gidroksidlarga Zn(OH)2, Be(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3, Cu(OH)2, Sn(OH)2 va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |