Elektrolitlar.
REJA:
-
Elektrolitlarning eritmalari.
-
Elektrolitik dissocilanish nazariyasi.
-
Boskichli dissocilanish.
-
Kuchsiz elektrolitning dissosilanish konstantasi
-
Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati.
-
Ionli reaksiyalar.
-
Eruvchanlik ko‘paytmaasi.
Tayanch iboralar: Kation, anion, Vant-Goff, Raul qonunlari, tuzatma koeffitsient, osmotik bosim, gidratlar nazariyasi, bosqichli dissotsilanish, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, ionli reaksiyalar, erituvchining ko‘paytmasi.
-
Elektrolitlarning eritmalari.
1. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalari elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar misol bo‘la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:
KOH↔K++OH-
KCl↔ K++Cl-
Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar .
Elektrolit molekulalari ionlarga parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit erit-malar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga kullashda tuzatma koeffitsent (bu koeffitsent Vant-Goffning izotonik koeffitsienti deb ataladi) ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goffning qonunining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: P=CRTi. Raul qonunining tenglamasi Δt=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffitsent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug‘ bosimini hamda eritmaning muzlash temperaturasining kutarilishini xuddi shu parametrlarini nazariy xisoblab topilgan qiymatlaridan necha marta kattaligini ko‘rsatadi, ya’ni :
P' ∆P' ∆t'qaynash ∆t'MUZ
I = —— = —— = ———— = ————
P ∆P ∆tqaynash ∆tMUZ
Bu yerda : P', ∆P', ∆t'qaynash, ∆t'MUZ-tajribada topilgan, P, ∆P, ∆tqaynash, ∆tMUZ- nazariy hisoblab topilgan qiymatlar.
Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koef-ficient birga teng, elektrolit eritmalar uchun hamma vaqt birdan katta.
Dostları ilə paylaş: |