Laboratoriya ishining yuriqnomasini o’qib o’rganiladi va o’qituvchi savollariga javob berib ishni bajarishga ruxsat olinadi .
Katod vazifasini tasdiqlaydigan mis elektrodning massasining JW-birinchi rusumli
elektron tarozida tortib aniqlanadi.
ESLATMA: elektrod tortilishidan oldin ko’rilishi shart.
Mis kuporosidan massasini tarozida tortib olinadi va uni distillangan suvda eritib eritma (200-250 ml) tayyorlanadi.
Mis kuporosi eritmasiga elektrodlarni tushirib, ularni qo’zg’almaydigan qilib mahkamlanadi.
Tajriba boshlangan t vaqt belgilanadi va shu zahotiyoq kalit ulanadi hamda reostat
yordamida tok kuchi kattaligini 1,5 A qiymatda o’zgartirmay saqlanadi. Ampermetr ko’rsatgan I tokbelgilanadi va uni yozib olinadi.
15-20 minut vaqt davomida elektrolitdan tok o’tgandan keyin kalit uziladi va t2 vaqt
belgilab qo’yiladi. Elektrolitdan tok o’tgan vaqt hisoblanadi.
Katod eritmadan chiqariladi va u quritiladi. Katotda ajralib chiqqan mis massasini aniqlash uchun mis o’tirib qolgan elektrodni JW-l elektron tarozida tortiladi va
∆m = m2- m1 ifodadan, ya'ni jarayonda elektrodda ajralib chiqqan misning Δm massasi hisoblanadi.
Tajriba natijalari asosida (8) tenglamadan foydalanib, misning k elektrokimyoviy
ekvivalentiso’ngra ularning o’rtacha qiymatlari hisoblab topiladi.
Tajriba takrorlanadi va xatoliklari hisoblanadi.
(5) formuladan Faradey soni hisoblanib, jadvaldagi qiymati bilan solishtiriladi.
(7) formuladan elektron zaryadni hisoblanib, u ham jadvaldagi qiymati bilan solishtiriladi.
1. Elektr o’tkazuvchanlik xususiyatiga ko’ra suyuqliklar qanday guruhlarga bo’linadi?
2. Elektrolit nima? Elektrolit dissotsiasiya va rekombinatsiya jarayonlari qanday
paydo bo’ladi?
3. Qanday jarayonni elektroliz hodisasi deb ataladi?
4. Faradey qonunlarini aytib bering.
5. Elektrokimyoviy ekvivalentining fizik ma'nomini tushuntiring.