Elektromagnit induksiya xodisasining Faradey-Maksvell talqini. Maksvell tenglamalar tizimi va ularning mazmuni. Maksvell tenglamalari



Yüklə 398,49 Kb.
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü398,49 Kb.
#167197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektromagnit induksiya xodisasining Faradey-Maksvell talqini. M-fayllar.org


Elektromagnit induksiya xodisasining Faradey-Maksvell talqini. Maksvell tenglamalar tizimi va ularning mazmuni. Maksvell tenglamalari

Elektromagnit induksiya xodisasining Faradey-Maksvell talqini. Maksvell tenglamalar tizimi va ularning mazmuni.

Maksvell tenglamalari -makroskopik elektrodinamikaning ixtiyoriy muhitda sodir boʻlayotgan elektromagnit hodisalarni ifodalaydigan asosiy tenglamalari. Maksvell tenglamalari, odatda, integral koʻrinishda yoziladi, ammo differensial tenglamalar koʻrinishida ham yozilishi mumkin. 19-asr 60-yillarida J. K. Maksvell elektr va magnit maydonlar haqidagi M. Faradey gʻoyalariga asoslangan holda tajriba yoʻli bilan aniqlangan qonunlarni umumlashtirib, ixtiyoriy zaryadlar va toklar tizimi hosil qiluvchi elektromagnit maydonning tugallangan nazariyasini yaratdi. Maksvell nazariyasi klassik fizikaning rivojlanishiga qoʻshilgan ulkan hissa boʻldi. Mexanikada Nyuton qonunlari qanday ahamiyatli boʻlsa, makroskopik elektrodinamikada Maksvell tenglamalari ham shunday ahamiyatlidir. Maksvell tenglamalarining birinchisi Faradeyning elektromagnit induksiya krnunining matematik ifodalanishidan iborat.
Maksvell tenglamalarining ikkinchisi J. B. Bio, F. Sa-var, P. Laplasning tajribalarga tayanib yaratgan magnit maydonni tokli oʻtkazgichlar yaratishi haqidagi qonunini umumlashtirish asosida olingan. Mas, ixtiyoriy berk kontur boʻyicha magnit maydon induksiyasi vektorining sirkulyasiyasi shu kontur oʻrab olgan yuzadan oʻtuvchi hamma toklarning algebraik yigʻindisiga teng .
Maksvell magnit maydonni faqat oʻtkazgichdan oʻtayotgan toklar hosil qilibgina qolmay, balki uni har qanday muhitda vujudga kelgan oʻzgaruvchan elektr maydoni ham hosil qilishi haqidagi gipotezani ilgari suradi. Bu gipoteza tajribalar orqali toʻla tasdiklangan.
Maksvell tenglamalari statsionar muhitdagi elektr va magnit maydonlar uchun eng umumiy tenglamalardir. Maksvell tenglamalaridan kelib chiqadiki, o'zgaruvchan magnit maydon har doim u tomonidan yaratilgan elektr maydoni bilan, o'zgaruvchan elektr maydoni har doim u tomonidan yaratilgan magnit maydon bilan bog'liq, ya'ni. elektr va magnit maydonlari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir - ular yagona elektromagnit maydonni hosil qiladi.



Yüklə 398,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin