Kompensatsion qurilmalar - elektr tarmog'i va unga ulangan asinxron motorlarning quwat koeffitsiyentlarini orttirishga xizmat qiluvchi konden- sator batareyalari va sinxron kompensatorlar.
Simmetriyalovchi qurilmalar — fazalardagi tok va kuchlanishlami bir tekisda taqsinrilashni amalga oshiruvchi induktiv hamda sig'imli yoki faqat sig‘imlardan iborat bo'lgan texnik qurilmalar.
Elektromexanik tizimlarni avtomatlashtirish qo'llaniladigan texnologiyalar haqida ma’lumot. «EMTning elementlari» atamasi qo‘llanilganda elektromexanik tizim tar- kibiga kiruvehi boshqaruv tizimlari va ma’lum boshqaruv vazifalarini ba- jaruvchi konstruktiv yoki texnik qurilmalar tushuniladi. EMTning har bir elementi bu matematik andoza yoki zveno bo'lmay, balki konstruktiv jihat- dan tugal texnik qurilmadir. Elementlarning ichki tuzilishi, ishlash asoslari, ichki jarayonlarning kechishi va qurilmalarning texnik jihatdan murakkablik darajasi xilma-xil boiishi mumkin.
EMTning elementlari energetik holati nuqtayi nazaridan qaraganda ishchi va boshqaruv elementlarga bo'linadi. Ishchi elementlardan o‘tayotgan asosiy elektr energiya oqimi, mexanik energiyaga aylantirilib, ishchi organ (IO)ga uzatiladi, bu qismlar EMTning energetika qismi deb ham yuritiladi.
Elektromexanik tizimning ishchi elementlariga motor (M), boshqariluvchi o‘zgartkich (B0‘) va ishchi organ (Ю) bilan Mni bog‘lovchi kinema- tik zanjir (KZ)lar kiradi. Motorning kirish elektr zanjirlari ko'rsatkichlari bilan chiqish mexanik ko‘rsatkichlari orasidagi bog'Ianishlar «Elektr yuritma asoslari» kursida mufassal o'rganiladi, Ushbu kursda esa EMT ning ishchi elementlaridan, asosan, boshqariluvchi o‘zgartkich!argina o‘rganiladi.
Boshqaruv elementlari EMT tarkibida egallagan o‘rniga qarab ikki guruhga bo’linadi.
EMTning dinamik va statik xususiyatlarini hamda harakat vazifalarini shakllantiruvchi elementlar, bular EMT boshqaruv tizimini tashkil etuvchi rostlagichlar, o‘lchov o‘zgartkichlar, har xil o‘zgartkichlar va boshqa shunga o‘xshash vazifalami bajaruvchi elementlar. Ishchi element tarkibiga ajralmas bo‘lak bo lib kiruvehi va elementning matematik ifodasida u bilan yaxlitlikni aks ettiruvchi elementlar, bular masalan, tiristorlarni boshqarishda ishlatiladigan kommutatsion zanjirlar.
Birinchi guruhga kiruvchi boshqaruv elementlari ushbu kursda mufassal o'rganiladi va bu guruh o‘z navbatida bir necha guruhchalarga bo'linadi.EMT ko'rsatkichlarini rostlashga xizmat qiluvchi turli xildagi sozlovchi teskari bog'lanish zanjirlaridagi signatlarni hosil qiluvchi va shakllantiruvchi sifatida foydalaniladigan elektrik hamda noelektrik o'lchov boshqaruv qismlari kirish va chiqish signallarining o'zaro tok turi, darajasi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha moslashtiruvchi qurilmalar.Texnik ijrosi nuqtayi nazaridan ushbu guruhlashtirish EMT boshqaruv elementlarining juda xilma-xil bo'lishi mumkinligini taqozo qiladi.